riy va dramatik turdagi asarlami o ‘qish ham nazarda tutiladi.
Badiiy
asarlami ifodali o ‘qish ijrochidan alohida iqtidor va mahoratni talab
qiladi. Zero, adabiy asaming badiiy xususiyatlari, unda ilgari surilgan
g ‘oyalar, m uallif dunyoqarashi kabi muhim masalalami aniqlashda ifo
dali o ‘qish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ifodali o‘qish mohiyatan kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga
qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Badiiy adabiyot insonning
ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga ta’sir qilib uni yigMatadi, kuldiradi,
o ‘ylashga majbur qiladi va oxir-oqibat kamolotga yetaklaydi.
Shu bois-
dan ham badiiy adabiyot bilan og‘zaki ijro - ifodali o‘qish san’ati asrlar
davomidayonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo‘lib kelgan.
Binobarin, badiiy adabiyot va ifodali o ‘qish san’ati chambar-
chas bog‘liq holda insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng
ta ’sirchan vosita hisoblanadi. Zero, bugungi kunda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan xayrli ishlaming markazida ham yosh avlodni
m a’naviy barkamollik mhida tarbiyalash vazifasi
ustuvor masalalardan
biri bo‘lib turibdi.
Tayanch tushunchalar
Ifodali o ‘qish - axloqiy-estetik tuyg‘ularni shakllantirish.
Ilmi tajvid - o ‘rta asrlarda adabiy talaffuz m e’yorlarini o ‘rgatuvchi
fan bo ‘lgan.
Ilmi kalom - jonli nutq asoslarini o ‘rgatuvchi fan.
Ilmi munozara fani ilmiy va adabiy bahsni o‘rgatgan.
Savol va topshiriqlar
1. Ifodali o ‘qish san’atining yuzaga kelishida roviy, qissaxon va
baxshilar qanday ro‘l o‘ynagan?
2. Ifodali nutq san’atini o ‘rganishning asosiy omillari nimalardan
iborat?
3. "... Har kishining ahvoli o ‘z so‘zining ostida pinhondur” deganda
nimani tushunasiz?
4. Ifodali o ‘qish san’atini o ‘rganishdan asosiy maqsad nima?
5. Barkamol avlod tarbiyasida ifodali o cqish san’atining qanday
ahamiyati bor?
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod - 0 ‘zbekiston
taraqqiyoti poy-
devori.-Toshkent: 1997.
2. Kaykovus. Qobusnoma. - Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1986.
3. N .Mahmudov. 0 ‘qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent:
A lisher N avoiy nom idagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashri-
yoti. 2007.
4. S.Inomxo'jayev, A.Zunnimov. Ifodali o‘qish asoslari. - Toshkent:
0 ‘qituvchi, 1978.
0 ‘RTA O SIY O D A N O T IQ L IK
SA N’ATI
R eja
1. Ifodali o‘qish va notiqlik san’ati taraqqiyotida “Avesto”ning o ‘mi.
2. 0 ‘rta Osiyoda voizlik va uning turlari.
3. Ifodali o'qish va suxandonlik haqida 0 ‘rta Osiyo mutafakkir-
larining fikr-qarashlari.
4. “M ajolis un-nafois”da nomlari zikr etilgan voizlar.
Ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab so‘z san’atining,
xususan, o g ‘zaki ijrochilik san’atining inson ruhiyatiga ko'rsatadigan
ta’sirigaju da katta c’tibor bilan qaraganlar. Shum a’noda, ifodali o ‘qish
san’atining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi.
0 ‘rta Osiyoda ifodali o'qish san’atining taraqqiy etishida “Aves-
to”, “Bundaxishn”, “Dinkard” kabi diniy xarakterdagi asarlam ing
ahamiyati katta bo‘lgan. Inson axloqini poklashga qaratilgan ushbu
asarlar k o ‘proq og‘zaki ijrochilik vositasida xalq
orasiga kirib borgan-
ligi m a’lum. Jumladan, “Avesto”ning asosiy mohiyatini tashkil etgan
“ Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu am a l” ta’limotini xalq o‘rtasida targ‘ib
qilib, odam lar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otishda kohinlam ing
xizmati beqiyos edi. Kohinlar faqat din targ‘ibotchilari sifatidagina
emas, balki ifodali so‘z sehri bilan m o‘jizalar ko‘rsatuvchi san’atkor
ijrochilar sifatida ham shuhrat qozonganlar. Ular “Avesto”dagi ibodat
qo'shiqlarini, Ahura Mazda so‘zlarini,
afsona va rivoyatlami yorqin
www.ziyouz.com kutubxonasi
nutq, ifodali so‘z va jozibador ovoz bilan ijro etib xalq ommasini o ‘z
g ‘oyalariga ishontirganlar.
Badiiy so ‘z san’ati, shu jumladan, ifodali o ‘qish san’ati xalqning
umumtaraqqiyot tarixiga bog‘liq holda rivojlanib bordi. Jamiyat taraq-
qiyoti o‘rtaga qo‘ygan talablar hamda mavjud shart-sharoit tufayli, IX -
XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuksak taraqqiyot
bosqichiga ko‘tarildi. M ana shu davrlarda Q ur’oni Karim targ‘ibi bilan
bog‘liq holda, voizlik san ’ati rivojlandi. Voizlik san’atining taraqqiy
etishi esa, ifodali o ‘qish san’ati tarixida muhim o ‘rin tutadi.
M a’lumki, Q ur’oni Karim o ‘z zamonasining
nafis adabiy usuli
saj’da vahiy qilingan b o ‘lib, u so‘z san’atining oliy namunasi hisob
lanadi. Q ur’oni Karimni o ‘qish voizdan juda katta ilmiy salohiyatni,
ayni paytda, yoqimli ovoz sohibi boMishni ham talab qilardi. Shu bois-
dan ham Q ur’on suralarini maftunkor qiroat, jozibali ohangda o ‘qishga
o ‘rgatuvchi “Ilmi b alog‘a” san’atiga alohida e ’tibor qaratilgan. Bu
haqda Abu Rayhon B eruniy “Geodeziya” asarining kirish qism ida
shunday deydi: “ A ra b n u tq id a balo g ‘an in g m avjudligi Q u r ’on
ta r g ‘ibotida m uhim a h a m iy a t kasb etadi. B alog‘a a ra b n u tq in in g
z iy n a tid ir” 1.
Voizlik (notiqlik) san ’ati 0 ‘rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy
mavqega ega bo‘lib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan.
Voizlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik
kabi turlari mavjud
bo‘lib, ba’zi voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yozish-
malami o ‘qish va yozib berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - jum a kun-
lari Q ur’oni Karim suralari asosida xalqni odob-axloqqa chaqirish bi
lan, ba’zilari esa m uzakkirlik - tarixiy voqea-hodisalami gapirib berish
bilan shug‘ullanganlar.
Qadimda xalq om masi oldida nutq so‘zlovchi kishi voiz, uning
nutqi esa va’z deb yuritilgan. Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda,
m as’uliyatli kasb bo‘lgan. Omma oldiga chiqib bir necha soatlab nutq
so‘zlovchi kishi tinglovchilam ing tuyg4ulariga ta’sir o ‘tkazishi, ishon-
tirishi, so‘z sehri bilan ularni toMqinlantirishi
uchun juda katta bilim
va iqtidorga, fasohat v a mahoratga ega bo‘lishi lozim edi. Shu bois-
dan minbarga chiqib so ‘zlovchi kishilaming hammasi ham voiz degan
sharafli nomga ega bo‘lavermagan.
Dostları ilə paylaş: