“Saddi Iskandariy” dostonidan Luqmon hikoyatini o‘qish
Eshittimki Luqmong‘a davron aro,
Sukun erdi bir kunji vayron aro,
Buzug‘ni makon ay lab andoqki ganj,
Topar erdi issig‘-sovug‘ bo ‘lsa ranj.
Yog1 in yo ko‘nasdan ul oromgoh,
Aning jism ig‘a bermas erdi panoh.
Yoshi mingga yetguncha erdi bu hoi,
Birov qildi hayrat yuzidin savol.
Ki: “Ey yorutub yer yuzin donishing,
Nedin yo‘qjahon ayshi birla ishing?
Vatan aylamay turfa koshonae,
Qilib sen makon kunji vayronae?”
Javob aytti piri omuzgor,
Ki: “Vayrona ichra uzun ro‘zgor.
Bukim chug‘z yanglig‘ basar ayladim,
Sog‘indimki, d af’i zarar ayladim.
Ki chun qilmadim mayl olam g‘a hech,
Meni ul dog‘i solmag‘ay g ‘am g‘a hech.
Muni ko‘rki davrondin eltur chog‘i,
Olur mendin ushbu buzug‘ni dog‘i.
Chu oxir adam sori qo‘yg‘um qadam,
Manga bordur ortug4 bu vayrona ham.
Jahondin necha el haroson erur,
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aning ranjidin maxlas oson erur.
G ‘aza!dagi notanish so‘z!arning izohi:
Sukiin -
tinchlik, osoyishtalik
Kunji -
o ‘rin, joy
Ganj -
xazina \
Ranj -
mashaqqat, azob
Piri omuzgor
- donishmand qariya (pir)
Ro ‘zgor -
turmush,\hayot, taqdir
Chug *z -
boyqush
Bcisar -
ko‘z, ko‘rish, ko‘ra olish
Adcim -
yo‘qlik (o ‘lim)
Haroson -
qo‘rqinch
Maxlas -
xalos b o ‘lish, qutulish
HIKOYATNING NASRIY ВAYONI
Eshitdimki, Luqmon o ‘z zamonida
Bir vayronada osoyishta hayot kechirardi.
Issiq-sovuqdan mashaqqat tortsa ham,
Xazina topganday vayronani o ‘ziga makon qilgan edi.
Bu joy qoru yom g‘irlardan
Uni panoh qilolmas edi.
Ming yoshga yetguncha shu ahvolda yashadi,
Bu holdan hayratga tushgan birov undan so‘radi:
“Ey yer yuzini aqlu donishi bilan yoritgan,
Nim aga jahon rohat-farog‘ati bilan ishing yo‘q?
Ajoyib koshonalarda yashamasdan,
Bir vayronani o ‘zingga makon qilibsan?
Donishmand qariya shunday javob berdi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vayronada uzoq hayot kechirdim.
Xuddi boyqushday uzoqni ko‘ra olganim uchun,
Zahmatni d a f’ qilishni istadim.
Olamga (dunyo moliga) mayl qilmadim,
Toki u meni g ‘amga solmasin.
K o‘rmaysanmi, olamdan o ‘tar chog‘imda,
Shu vayrona ham qo‘ldan ketadi.
Modomiki, yo‘qlik sari qadam qokyar ekanman,
Bu vayrona ham menga ortiqchadir.
Odam jahondan (molu dunyodan) qancha uzoq bo4Isa
Uning azoblaridan qutulishi ham oson kechadi”.
Luqmoni hakim obrazi bilan bog‘liq hikoyat va rivoyatlar, xalq orasida
juda keng tarqalgan. Bu hikoyatlarda Luqmon eng murakkab mushkulot-
lami ham o‘tkir aql va tadbir bilan hal qiluvchi donishmand, so‘zamol va
hoziijavob qahramon sifatida talqin qilinadi. Alisher Navoiyning “Saddi
Iskandariy” dostonidan boshqa asarlari tarkibida ham Luqmon haqidagi
hikoyatlar mavjud. Masalan, “Tarixi anbiyo va hukamo”da Luqmon haqida
bir necha hikoyatlar keltirilgan bo‘lib, ular hajman ixcham, mo‘’jaz, lekin
ibratli ma’no olam-olam. Navoiy eng ezgu g‘oyalar targ‘ibi uchun qayta-
qayta Luqmon timsoliga murojaat qilar ekan, bunda ulug‘ shoir awalo,
xalq og‘zaki ijodidan ilhomlanadi. Masalan, juda ko‘p rivoyat va ertaklarda
Luqmon tabib va donishmand qiyofasida namoyon bo‘ladi. U xalqqa shu
qadar yaqin bo‘lib ketganki, xalq ko‘pincha o ‘z bilimi, donoligi va hayot
tajribasini Luqmon timsolida mujassamlashtiradi. Jumladan, “Luqmoni
hakim” ertagida1 xalq tabobatidagi turli usullar va dori-darmonlar Luqmon
bilan bog‘lab yoritiladi. Ertakda Luqmon Iskandarga zamondosh kishi si
fatida tasvirlangan.
Iskandar Zulqamayn “Odami obi” (“Suv odami”)ni bilmoqchi
bo‘lib, vazirlarining maslahati bilan zindondagi bandilardan birini shi-
www.ziyouz.com kutubxonasi
shadan yasalgan uyga solib “Sho‘r daryo”ga tushiribdi, u odami obi-
lami ko‘rib podshoning tobe bo‘lish haqidagi taklifini aytgan ekan,
ular bir kosa un berib, podshohing shu undan non qilib yesin, kosani
oltin bilan toMdirsin, agar kosa to‘lsa, biz tobe bo‘lamiz, deyishibdi.
G ‘aznachi kosaga qancha oltin solmasin uni hech to‘ldira olmabdi. Fol-
chilar va q u r’andozlar tadbir qilib kosaga tuproq solgan ekanlar, oltin-
lar ko‘rinib kosa to‘libdi. Podshoning xotini undan non yopaman desa,
non oqib ketaveribdi. Podsho nonni yeb hech asorat sezmadim, foydali
narsa y o ‘q, debdi.
Podshoning xotini tilanib kelgan devonaga yopilmay qolgan nonni
beribdi. Devona ariq bo‘yida tol soyasida nonni ivitib yeb ketayotganida
tol tilga kirib, o ‘z xosiyatini aytib, sil kasaliga darmonligini so kzlaydi.
Shundan keyin boshqa daraxtlar, giyohlar ham tilga kirib, o ‘z sir-as-
rorlarini, shifobaxshliklarini aytishibdi. Devona katta hakim bo‘lib ke-
tibdi. Bu Luqmoni hakim ekan. Qissadan hissa shuki, ertakda Iskandar-
ning dunyoga hirs qo‘yishi, yer yuzini egallash bilan qanoatlanmasdan,
yer ostiga, suvliklar dunyosiga ham hukmronlik qilish yoMidagi xatti-
harakatlari qattiq qoralangan. Iskandar misolida, umuman, odam bola-
siga xos ochko‘zlik, dunyoga to‘ymaslik kabi illatlar ko‘rsatilgan. Er-
takdagi kosa voqeasi esa aksariyat odamlar boriga qanoat qilmaydi, o ‘zi
to‘ysa ham ko‘zi to‘ymaydi. Faqat bu ko‘z o ‘lganda bir siqim tuproqqa
to‘yadi, degan hayotiy haqiqatni o ‘zida mujassam etgan.
Alisher Navoiyning Luqmon haqidagi ushbu hikoyatida ham xuddi
mana shu g ‘ova talqin qilingan. Ulug‘ murabbiy (Navoiy) beqiyos aqlu
donish egasi bo ‘lgan Luqmonning nihoyatda kamtarona hayotini, mol-
dunyo to‘plash yo‘lida harom-harishlar botqog‘iga botib ketgan jaholat
ahliga ibrat qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Bu hikoyatning aynan “ Saddi
Iskandariy” dostonida keltirilishi ham bejiz emas. Hikoyat dostonning
umumiy g 6oyasi bilan mantiqan bog‘liq. Garchand dostonda Iskandar
adolatli podsho sifatida talqin qilinsa ham uning butun dunyoga egalik
qilish yoMidagi g ‘ayriinsoniy harakatlariga buyuk shoir chuqur taassuf
bilan qaraydi.
Mazkur hikoyada Luqmon o ‘tkinchi dunyo lazzatlaridan voz kech-
gan donishmandgina emas, balki mol-dunyo to‘plashni hayotining bosh
maqsadi qilib qo‘ygan nafs bandalariga qarshi nafratlangan kishi sifati
da ham namoyon bo‘ladi. Bu nafrat navoiyona ramz, kinoya va istehzo
www.ziyouz.com kutubxonasi
libosida berilgan. Luqmonning johil olomondan uzoqda yashashining
ham o‘ziga xos m a’nosi bor. Luqmon - aql-zakovat, m a’rifat timsoli.
Jaholat va m a’rifat esa, hech qachon birga bo‘lolmaydi. Navoiyning
boshqa asarlaridagi kabi ushbu mo‘’jazgina hikoyatida ham inson o ‘z
umrini m a’rifat bilan qadrlashi, el-ulus manfaati uchun kamarbasta
bo‘lishi lozim, degan umumbashariy g ‘oyalar mujassamlashgan.
M a’lumki, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni aruzning
mutaqorib bahrida yaratilgan. Mana shunga asoslanib hikoyani hijo
va ruknlarga ajratib chiqamiz. Asaming qisqa va cho‘ziq bo‘g ‘inlarini
aniqlash, uning ruknlardan iborat ritmik bo‘laklarini belgilash, to‘g ‘ri
va ifodali o ‘qishga yordam beradi. 0 ‘qish jarayonidagi intonatsiya,
pauza va ohang asaming g ‘oyaviy mazmuni hamda shakliy tuzilishidan
kelib chiqadi. Binobarin, hikoyat mazmunini tushungan, aruz vazniga
xos xususiyatlardan xabardor bo‘lgan talabagina og‘zaki ijro, y a’ni ifo
dali o ‘qishni to‘g ‘ri amalga oshira oladi.
E-shit-tim / ki L uq-m on / g ‘a dav-ro / n a-ro
V -
-
V
-
-
V - -
V -
Su-ku- n er / di b ir kun / ji vay-ro / na-ro
v
----- V -
-
V - -
V -
Hikoyatning boshqa baytlari ham mana shu tarzda mutaqoribi
musammani maqsur vazni asosida hijo va ruknlari belgilab chiqiladi.
Asaming birinchi baytidagi
Dostları ilə paylaş: |