Ziyofat stoli ustida desert taomlar va issiq ichimliklar uchun pribor va idishlar qayerda va qanday joylashtiriladi?
Alkogolli va alkogolsiz ichimliklar uchun idishlar ziyofat stolining qaysi joyiga va qanday tartibda qo’yiladi?
12.4.Ovqatlanish va ziyofat stoli atrofida o’tirish va o’zini tutish qoidalari
Restoranga ovqatlanish uchun borgan va ziyofat stollari atrofida o’tirishda xo’randa va mehmonlar uchun amalda qator etik qoidalari shakllangan. Ushbu qoidalarning o’quvchi–kitobxon va talabalar tomonidan tez va oson o’zlashtirilishi uchun har bir biznesmen o’zini oddiy xo’randa va mehmondo’stlikka kelgan mehmon o’rniga qo’yishi lozim.
Mehmondorchilikda ham, restoranda ham erkak kishilar stol atrofidagi o’z joylariga ayol kishilar o’tirgandan keyingina o’tirishlari mumkin. O’tirganda tizzalar tik va yelka kengligida bo’lishi shart. Qo’llarini yoki tirsaklarini ovqatlanish yoki ziyofat stoli ustiga qo’yib o’tirish madaniyatsizlik belgisi sifatida qaraladi. Shu boisdan ham taom iste’mol qilinib boshlanmaguncha qo’llar tizza ustida ushlab turilishi shart. Amaldagi etik qoidalarga ko’ra stulda engashmasdan tik o’tirish lozim. Uning uchun xo’randa yoki mehmonning orqasi stulning suyanchig’iga bir tekis tegib turishi kerak.
Oyoqlarni uzatib, chalqanchasiga o’tirish ham yevropacha xalqaro va sharqona etiket qoidalari bo’yicha qat’iy man qilinadi. Xuddi shuningdek, yonidagi ayol kishi tomon orqasi bilan o’girilib o’tirish ham mumkin emas.
Stol atrofida o’tirganda, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar,
sochlarini tarash, atir–upa sepish va lablarini buyosh, tishlarini
kovlash ham man etiladi, chunki bunday hatti–harakatlar nafaqat yevropacha xalqaro, sharqona etiket qoidalariga ham to’g’ri kelmaydi. Yana bir
narsa esdan chiqmaslik kerakki, restoranda yoki mehmondo’stlikda stol atrofida o’tirishda amaldagi etik qoidalarga ko’ra xizmat qiluvchi xodimlarni baland ovoz chiqarib chaqirish yoki baland ovoz bilan,
ayniqsa masofada, taom va ichimliklarga buyurtma berish ham mumkin emas. Ular faqat ovozsiz imo–ishoralar yordamida chaqiriladi yoki kelishi kutib turiladi.
Mehmondorchilikda yoki restoranda ovqatlanish stoli yoki ziyofat stoli atrofida o’tirganlardan biri aksirganda, uning tanish yoki notanish bo’lishidan qat’iy nazar, unga “sog’ bo’ling” tilagani
bildirmaslik kerak va