Zoogigiyena


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYOTI HAQIDA NIZOM



Yüklə 274,27 Kb.
səhifə2/10
tarix23.05.2023
ölçüsü274,27 Kb.
#120392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Зоогигиена (1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYOTI HAQIDA NIZOM
1.UMUMIY QOIDALAR.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Unda oliy ta’lim muassasalari talablarining malakaviy amaliyotini o‘tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.
1.1 Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talablar amaliyoti ilg‘or korxona, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Talablar amaliyoti bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash zarur bo‘lgan o‘qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomidir.
Oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, kadrlar buyurtmachilari talablariga binoan, Ilmiy kengash qaroriga muvofiq amaliyotning boshqa turlarini kiritish huqquqiga ega.
1.2. Har bir amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni DTS o‘quv rejalari va amaliyot dasturlarida belgilangan.
1.3. Amaliyot dasturlari tanlangan yo‘nalish (mutaxassislik)ning malakaviy talablari, korxona, muassasa, tashkilotlarning (bundan buyon amaliyot ob’ektlari) tavsifi hisobga olingan holda tegishli o‘quv muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va ularni oliy o‘quv yurtlari rektorlari tasdiqlaydi.
2. AMALIYOTNI TASHKIL QILISH VA UNGA RAHBARLIK.
2.1. Talabalar amaliyoti oliy ta’lim muassasalari, davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo‘shma korxonalar va boshqalar bilan tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
2.2. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot o‘tish uchun tegishli amaliyot ob’ektlariga yuboriladilar.
2.3. Amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazish uchun javobgarlik o‘quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi.
2.4. Amaliyot joylari, talabalarning katta guruhlari o‘tishini hisobga olib, oliy ta’lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot ob’ektlaridan tanlanadi.
Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o‘tadigan korxona yo‘q bo‘lsa, amaliyot ob’ektlari sifatida oliy ta’lim muassasasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi.
Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o‘tish mumkin.
2.5. Oliy o‘quv yurtlari:
-har yili 1 dekabrdan kechikmagan holda navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o‘tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob’ektlari bilan kelishilib oladi;
-amaliyot rahbari tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlanadi;
-fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha amaliyot ob’ektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning ma’ruzalarini tashkil etadi;
-talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlaydi;
-ob’ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o‘tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi.
2.6. Oliy o‘quv yurti tayinlagan amaliyot rahbari:
-talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
-talabalarning amaliyotga borishdan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi xaqida ko‘rsatmalar berish va x.k.ni o‘tkazishni ta’minlaydi;
-talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
-amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi;
Talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
-amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishi va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;
-talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;
-barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o‘tkazadi.
2.7. Talabalarning amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug‘i bilan ma’sul xodimlarning biriga yuklatiladi.
Sex, bo‘lim, laboratoriya kabilarda talabalar amaliyotining bevosita rahbarligi amaliyot-ob’ekti boshlig‘ining buyrug‘i bilan ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘limning yuqori malakali mutaxassisi zimmasiga yuklanadi.
2.8. Shartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot ob’ektlari:
-talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi va o‘tkazadi;
-dasturga muvofiq talabalar amaliyot o‘tkazishning samaradorligini ta’minlovchi ish joylari bilan ta’minlaydi;
-talabala ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish joylari mavjudligida, amaliyotchilarni tegishli ish haqi bilan lavozimlarga qabul qiladi;
-amaliyotni o‘tishda oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan oy kunlik ish jadvaliga amal qiladi;
- talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa xujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi;
- kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlashda yordam ko‘rsatadi;
- hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lgan xollarda talabalarni mehnatning xavfsiz usullariga o‘rgatadi va bu haqda xujjatlar rasmiylashtiradi;
- amaliyotchi talabalarning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
- yaqin atrofda joylashgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashriflar o‘tkazadi;
- talabalarning amaliyot o‘tish vaqtida mazkur amaliyot ob’ektining tegishli ishchilari uchun joriy qilingan shaxsiy himoya vositalari va maxsus ovqat, poyabzal, himoya kiyimlari bilan ta’minlaydi;
- shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitli yotoqxonalar bilan ta’minlaydi. Zarur bo‘lganda ularni joylashtirish uchun turar joylarni ijaraga oladi;
- zarur bo‘lgan hollarda, ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug‘i bilan jazo choralari ko‘radi va bu haqda oliy ta’lim muassasasi rektoriga xabar beradi;
- amaliyot o‘tayotgan talabalar baxtsiz hodisaga uchragan holatida javobgarlikni oladi.
2.9. Talaba amaliyot o‘tishda:
-amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarilishi;
-amaliyot ob’ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo‘ysunishi;
-mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi;
-bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;
-kundalik daftar yuritish, chizmalar, tasvrilar va boshqalarni bajarilishi;
-amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi shart.

Yüklə 274,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin