Zoogigiyena


FANNING MAQSADI VA VAZIFASI



Yüklə 274,27 Kb.
səhifə5/10
tarix23.05.2023
ölçüsü274,27 Kb.
#120392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Зоогигиена (1)

1.1. FANNING MAQSADI VA VAZIFASI.
Fanning maqsadi –talabalarga o‘zlari tanlagan yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otish, talabalar bilimi, o‘quv va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar, fanni o‘tish uslublari hamda respublikamizda veterinariya va chorvachilik sohalarini barqaror rivojlanishi to‘g‘risida batafsil tushuncha va bilimlarni shakllantirishdan iborat. Chorva hayvonlarini saqlash, oziqlantirish va ulardan foydalanishda jadal texnologiyani, mexanizatsiya va avtomatizatsiyani keng joriy etib ixtisoslashgan chorvachilik xo’jaliklarida mehnat unumdorligini 5-6 martaga oshirib, mahsulot tannarxini 20-30% ga pasaytirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga oziqa harajatini 1,5-2 marta tejashga erishish jarayonlari mohiyatlarini o‘rganish
Fanning vazifasi-nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, chorva hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirishda zoogigienik qoidalari bilan birgalikda mol bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ekologik muhitni himoya qilish uchun bajariladigan zoogigienik tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya tadbirlarining asalarilarichilikini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish hisoblanadi.
1.2.FAN BO‘YICHA TALABALARNING BILIMIGA, O‘QUV VA
KO‘NIKMASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
Talaba bilishi kerak:
Zoogigiyena fanining maqsadi va vazifalarini, chorva hayvonlariga tashqi muhit omillarining ta’siri; chorva binolariga mikroiqlim ko‘rsatgichlari tasirini aniqlash usullari; mikroiqlim ko‘rsatgichlarining me’yorlari; havo, tuproq, suv va oziqalarni sanitariya tomonidan baholash usullari va chorva binolaridagi zoogigiyenik talablar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;; (bilim)
Chorva binolarida mikroiqlim ko‘rsatgichlarini aniqlash usullari va ularning me’yorlari; havo, tuproq, suv, molxona va oziqalarni sanitariya tomonidan baholash usullari; chorva hayvonlarni tashish, haydash, oziqlantirish, sug‘orish, parvarishlash va boqish yo‘llarini bilishi kerak. (bilim).
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va qayta ishlashda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish; chorvadorlarning shahsiy va mehnat gigienasini bilish; ekologik sharoitni yaxshilash yo‘llari; zoogigiena faniga oid o‘quv - ilmiy adabiyotlar bilan ishlash yuzasidan ko‘nikmalarga ega bulish kerak. (ko‘nikma).
Havo, molxona, tuproq, suv va oziqalarning umumiy xossalarini; chorvachilik binolarini loyihalash va qurishdagi veterinariya - sanitariya talablari; zoogigienik talab va me’yorlarni, mikroiqlim ko‘rsatgichlarini aniqlash, ventilyatsiyani, issiqlik balansini va go‘ng miqdorini hisoblash, suv va oziqalarni baholash usullari hamda chorvachilik fermalarini loyihalash malakalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka).
O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH HAQIDA ASOSIY QOIDALAR.

Talabalar zoogigiyena fanidan o‘quv amaliyotini O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qumitasi va uning hududiy bo‘limlarida, Toshkent viloyatida joylashgan chorvachilik fermer xo‘jaliklarida, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot institutida va ishlab chiqarish korxonalarida o‘taydilar.


Talabalarni o‘quv amaliyotini o‘tkazish uchun o‘qituvchilarga kuniga 6 soat o‘quv yuklamasi belgilanadi.
O‘quv amaliyotini o‘tkazishdan oldin talabalarga mehnat, yong‘in xavfsizligi, ish olib borish jarayonida o‘zini qanday tutishi va boshqa maslahatli yo‘l yo‘riqlar beriladi.
Talabalar o‘quv amaliyotini olib borish vaqtida kundalik daftar yuritiladi, unga har kunlik sana, vaqti, mashg‘ulot nomi va mavzu qayd qilinib boriladi. Ushbu daftarni amaliyot rahbari o‘qituvchisi tekshirib nazorat qilib boradi. O‘quv amaliyoti oxirida rahbar o‘qituvchi suhbat o‘tkazish orqali reyting usulida baholab reyting daftarchasiga qayd etib qo‘yadi.



Yüklə 274,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin