O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
“ZOOGIGIYENA”
FANIDAN O‘QUV AMALIYOTI
DASTURI
Bilim sohasi:
|
800000
| |
Ta’lim sohasi:
|
840000
| |
Ta’lim mutaxassisligi:
|
60840100
|
Veterinariya meditsinasi(faoliyat turlari bo`yicha)
|
|
|
|
Kurs-2
Semestr-IV
Amaliyot soati: 30 soat
TOSHKENT - 2022
Ushbu o‘quv amaliyoti dasturi o‘quv va ishchi o‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
A.I.Amirov - ToshDAU “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi katta o’qituvchisi
Sh.R.Xolov. - ToshDAU “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi assistenti
U.T.Maxsudov - ToshDAU “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
1.G’. А. Mengliev - SamVMI Toshkent filiali, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi (turdosh OTM).
2. V. M. Do`stqulov - SamDVMChB unversiteti Veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigienasi kafedrasi assistenti,v.f.n. (turdosh OTM).
O‘quv amaliyoti dasturi 2022 yil “___” avgustdagi “___” -sonli kafedra majlisida ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
Mazkur dastur “Zooinjeneriya” fakulteti o‘quv-uslubiy kengashining 2022 yil ____ dagi – sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi to‘qqizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini keng ko‘lamda islox qilishning ibtidosi bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlash tizimining isloxini muvaffoqiyatli amalga oshirish eng avvalo oliy ta’limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini ta’minlovchi, islohatlarni amalga oshirishning muayyan yo‘l yo‘riqlarini qamrab olgan me’yoriy hujjatlarni ya’ni amaliyot dasturlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki veterinariyaning rivojlanishi barcha shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat, kooperativ-shirkat, fermer yoki yakka tartibdagi xo‘jaliklarni bir me’yorda rivojlantirish uchun ularga malakali kadrlar etkazib berilishi kerak. Bo‘lg‘usi mutaxassislar chuqur nazariy bilimga ega bo‘lishlari bilan bir qatorda, yuqori amaliy malakaga ham ega bo‘lishlari kerak. Buning uchun nazariy bilimlarni ishlab chiqarish jarayonida o‘quv, ishlab chiqarish va texnologik amaliyotlarida mustahkamlash talab etiladi.
Shu maqsadda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida malakaviy amaliyotni tashkil etish va uni sifatli darajada o‘tkazish uchun tuzilgan amaliyot dasturi bo‘lg‘usi mutaxassislar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |