Zoogigiyena


AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH



Yüklə 274,27 Kb.
səhifə3/10
tarix23.05.2023
ölçüsü274,27 Kb.
#120392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Зоогигиена (1)

3. AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH.
3.1. Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolangan kundalik daftar bilan birga oliy ta’lim muasasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabining amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo‘limlarining qisqacha izohi (sex, bo‘lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi to‘g‘risidagi masalalar, amaliyot natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni o‘z ichiga olishi lozim.
3.2. Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini oliy ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Komissya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o‘qituvchi, oliy ta’lim muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan - kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Amaliyot yakuni oliy ta’lim muassasasining ilmiy-uslubiy anjumani va amaliyot ob’ektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
Oliy ta’lim muassasasi va fakultet ilmiy kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
3.3. Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta amaliyot o‘tishga jo‘natiladi.
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida oliy ta’lim muassasasida o‘qishi mumkinligi masalasi rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi.
4.MODDIY TA’MINOT.
4.1. Amaliyot ob’ekti hodimlariga amaliyotga rahbarlik qilgani uchun ish xaqi oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobiga to‘lanadi. Buning uchun butun muddat davomida tegishli talabalar guruhiga bitta rahbar hisobidan quyidagi me’yorlar bo‘yicha har oyda haq to‘lanadi (asosiy ish joyining o‘rtacha ish xaqidan foiz hisobida);
A) amaliyotchi talabalarning soniga qarab umumiy rahbarlik qiluvchi amaliyot rahbariga:
11 dan 20 kishigacha-25%
21 dan 30 kishigacha-35%
31 dan 40 kishigacha-45%
41 dan 50 kishigacha-50 %
B) amaliyotchi talabalarning soniga qarab amaliyotga bevosita rahbarlik qiluvchi rahbarga:
4 kishigacha-20 %
5 dan 7 kishigacha-35 %
8 dan 10 kishigacha- 50%
Fermer xo‘jaligidagi amaliyot rahbari, hamda pedagogik amaliyot uchun rahbarlik qilgan OTM xodimining ish haqi oliy ta’lim muassasasining amaliyot uchun ko‘zda tutgan mablag‘lar hisobidan beriladi. Ularning ish haqi me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va Xalq ta’limi vazirliklari birgalikda tuzgan maxsus ko‘rsatmalari asosida Moliya, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan kelishilgan holda joriy qilinadi.
Talabalar amaliyotiga rahbar bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan amaliyot ob’ektida o‘tkazilggan ma’ruza, maslahat va tashriflar uchun to‘lovlar, oliy ta’lim muassasalarining amaldagi tartibda, ko‘rsatilgan, soatbay to‘lov maoshi bo‘yicha, ishlab chiqarish amaliyoti uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan oliy ta’lim muassasasi amalga oshiradi.
4.2. Talaba amaliyot davrida amaliyot o‘tish joyidan ish haqi olish olmasligidan qat’iy nazar, uning umumiy qoidalar asosida stipendiya olish huquqi saqlab qoladi.
4.3. Sirtdan o‘qiydigan oxirgi bosqichdagi talabalarga, tanlangan yo‘nalish (ixtisoslik) bo‘yicha bevosita ishlab chiqarishda ish bilan tanishish va bitiruv ishi (loyixa)ga zarur ma’lumotlarni tayyorlash uchun, tegishli o‘quv yurtining tavsiyasiga ko‘ra, muassasa rahbarlari ish haqi saqlanmagan holda bir oylik qo‘shimcha ta’til beradilar.
Ushbu talabalarga ko‘rsatilgan ta’til davrida umumiy qoidalar asosida stependiya beriladi.
4.4. Oliy ta’lim muassasasi hududidan ketish bilan bog‘liq amaliyotga jo‘natilgan kunduzgi talabalarga oliy o‘quv yurtining sarf-harajatlar jadvali hisobidan butun amaliyot davri uchun kunbay-safar puli to‘lanadi. Safar puli to‘lash amaliyotchi talabalarning ob’ektga borish va qaytish vaqti hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Amaliyot davrida ekspeditsiya va geologik guruhlarning mansab lavozimlariga qarab qilingan va ish haqi, dala ta’minoti yoki tekin ovqat beriladigan talabalarga safar puli to‘lanmaydi.
4.5. Kunduzgi o‘quvchi talabalarning amaliyot ob’ekti joylashgan joyga borish va kelishi uchun yo‘lkira haqi oliy o‘quv yurti mablag‘i hisobidan to‘lanadi.
4.6. Amaliyot davrida maosh oladigan lavozimlarda ishlaydigan talabalarga shu mutaxassis uchun tegishli me’yorda navbatdagi ta’til tovoni to‘lanadi. Avval ishlamagan talabalarga lavozimi, ishning boshlanishi va tugallanishini ko‘rsatuvchi buyruq nusxasi va mehnat sharnomasi tuzilganligi va to‘xtatilganligi haqida sanalar ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beriladi.
Talabalar amaliyot davrida to‘lovli ish joyi va lavozimga qabul qilingan vaqtdan boshlab, amaliyot ob’ektidagi umumiy mehnat qonunlari, mehnat xavfsizligi va ichki mehnat tartib qoidalariga amal qiladi. Ish joyiga qabul qilinmagan talabalarga ham mehnat va ish kunining tartib qoidalari taalluqlidir.
4.7. Amaliyotga rahbarlik qilishga ketgan o‘qituvchi xizmat safarining to‘lovi, xizmat safarida bo‘lgan butun davr uchun xizmat safari haqidagi qoida asosida oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
4.8.Amaliyotni o‘tish davridagi talabalar boshqa korxonalarga tashriflarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar oliy ta’lim muassasalarining amaliyotni o‘tkazish uchun harajatlar ro‘yxatida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
4.9. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, ta’nishilgan boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat idorasi bilan kelishilgan holda o‘z tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari amaliyot o‘tishi uchun yo‘l-yo‘riqlarni mazkur nizom asosida ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.

Yüklə 274,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin