Zoogigiyena



Yüklə 274,27 Kb.
səhifə4/10
tarix23.05.2023
ölçüsü274,27 Kb.
#120392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Зоогигиена (1)

II-BOSQICHDA “ZOOGIGIYENA” FANINING AMALIYOTINI TASHKILLASHTIRISH VA UNI O‘TKAZISH DASTURIGA KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi” ning 3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo‘limining 164-bandida aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida kichik baliqchilik, asalarichilik va parrandachilik xo‘jaliklarini tuzish va boshqa yuqori samarali va yuqori daromadli mahsulotlarni ishlab chiqarishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish kabi topshiriqlar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Veterinariya va chor-vachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomil-lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 28 martdagi PF-5696-son Farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2019 yil 28 martdagi PQ-4254-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Prezidentning 18.03.2019 yildagi «Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlan-tirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4243-son qarori 2-bandi-ga muvofiq berilgan imtiyozlar chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik sub’ektlariga va omuxta em ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ham tatbiq etish buyicha prezident karori kabul kilindi. Talabalar amaliy ishni o‘tkazish davomida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar darslarida olingan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish bilan bir qatorda “Zoogigiyenafanining paydo bo‘lish tarixi va rivojlanish istiqbollari, kasalliklarning tarqalishi yo’llari, hozirgi kunda foydalanilayotgan davolash-ning turlari, ususllari, kasalliklarga tashxis qo’yishning zamonaviy usularini, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning rivojlanish mexanizmi, kasallikning oldini olish chora tadbirlarini, hayvonlar organ-to’qimalarining joylashuv o’rnini, ularning tuzilishi va bajaradigan funksiyalari, fermer xo‘jaliklari bilan yaqindan tanishish orqali kasbga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini mustaxkamlaydi.
Shuning uchun xam talabalarni ishlab chiqarish bilan bog‘lik holda o‘qitish, o‘quv-amaliy ishini veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish xo‘jaliklarida utkazish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasida veterinariyani rivojlantirish, uni amaliyotga tadbiq etishda, yuqori malakali mutaxassis tayyorlashda ushbu fanni o’zlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 274,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin