Zoogigiyena



Yüklə 274,27 Kb.
səhifə8/10
tarix23.05.2023
ölçüsü274,27 Kb.
#120392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Зоогигиена (1)

JAMI

30

Talabalar o‘quv amaliyoti davrida bajaryotgan ish jarayonlarini qayd qilish uchun kundalik daftar namunasi.





Kun, sana, vaqt, oy

Ish bajarilayotgan
joyi

Bajarilayotgan ishning mazmuni

Amaliyot rahbarining xulosasi

1

2

3

4

























Izoh: Auditoriyada o‘tilgan amaliyot tajribalari va darslar bo‘yicha savol va javob ishlari o‘tkaziladi. Talabalarni amaliyot davomida to‘plangan ma’lumotlari ularni kundalik daftariga yozilishi tekshiriladi. Yuqoridagi ishlar asosida rahbar o‘qituvchi reyting ballarini qo‘yadi va amaliyot yuzasidan yoziladigan hisobot materiallarini tekshirib, talabalarga yo‘l-yo‘riq va maslahatlar beradi.
6. ZOOGIGIYENA O‘QUV AMALIYOTINI BAHOLASH TARTIBI
Talabalarning o‘quv amaliyotlari 5 balli baholash mezoni asosida baholanadi.
O‘quv amaliyotlarni baholash mezonlari yuqorida keltirilgan. Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan ishlab chiqilib, fakultet o‘quv-uslubiy komisiyasi tomonidan tasdiqlanadi va talabalar e’tiboriga amaliyotlarini o‘taydi hamda uni o‘tash jarayonida dasturda belgilangan talablar asosida hisobot tayyorlab boradi. Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotlar amaliyotning so‘ngi kuni amaliyot o‘qituvchisiga topshirilishi va himoya qilinishi lozim. O‘quv amaliyoti bo‘yicha hisobotlar rahbar tomonidan (agar amaliyot ob’ektidan rahbar tayinlangan bo‘lsa uning tomonidan ham) imzolangan kundalik daftar bilan birgalikda amaliyot yakunlangandan so‘ng ikki xafta ichida amaliyot rahbariga topshiriladi va rahbar tomonidan tekshiriladi.
O‘quv amaliyoti bo‘yicha hisobotlar fakultet dekani tomonidan tayinlangan maxsus komissiyada himoya qilinadi. Komissiya tarkibiga amaliyot o‘talgan fan o‘qituvchisi, o‘quv muassasasidan tayinlangan rahbar (imkoni bo‘lsa amaliyot obektidan tayinlangan rahbar ham) kiritiladi.
Himoyaga qo‘yilgan hisobotlar talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning baho mezoni asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi 5 baholik tizim orqali ifodalanadi.
Talaba amaliyot yakuni bo‘yicha mustaqil xulosa va qarorlar qabul qila olsa, ijodiy fikrlab, mustaqil mushohada yuritsa, olgan bilimini amalda qullay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega deb topilganda -5 (a’lo) baho bilan baholanadi.
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho baholanadi.
Talaba olgan bilimini amalda qullay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho baholanadi.
Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baxolanadi.
Amaliyotlar bo‘yicha hisobotlar himoyasi natijalari 8-shakldagi qaydnomaning “O‘zlashtirish ko‘rsatgichi” ustunida hamda talabaning reyting daftarchasining “o’quv amaliyot natijalari” qismida qayd etiladi. Hisobotning dastlabki baholash natijalari bo‘yicha saralash ballidan kam to‘plagan talabaning bali ham ko‘rsatiladi.
O‘quv amaliyotlari hisoboti himoyasining natijalari fakultet Ilmiy kengashida muhokama qilinadi.
Agar talaba amliyot dasturini bajarmagan yoki amaliyot bo‘yicha hisobot tayyorlamagan bo‘lsa reyting qaydnomasiga “-” yoxud xisobotga qoniqarsiz baho olgan bo‘lsa “0” qo‘yiladi va talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
I va II kurslardagi o‘quv tanishuv amaliyotidan akademik qarzdor bo‘lgan talaba kursdan qoldiriladi.
O‘quv amaliyotlari hisoboti himoyasining natijalari talabaning semestrdagi reytingini aniqlashda hamda uni kursdan kursga o‘tkazishda hisobga olinadi.
O‘quv amaliyotlari bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatgichi reyting qaydnomasida ko‘rsatiladi, lekin reytingi aniqlanmaydi.

Yüklə 274,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin