Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilgi va zoogeografiyasi



Yüklə 67,61 Kb.
səhifə2/8
tarix18.12.2023
ölçüsü67,61 Kb.
#184130
1   2   3   4   5   6   7   8
Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik -fayllar.org

Mavzuning dolzarbligi. Ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish о‘qitish jarayonida individual va guruhli yondashish prinsipini talab etadi.Zoologiya kursining Davlat ta'lim standartida keltirilgan o'quv dasturida ham bir qancha ta'lim- tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Mazkur dastur bo'yicha zoologiyaga oid bilimlar asosini eng soda bir hujayralilardan boshlab murakkab tuzilgan sutemizuvchilargacha bo'lgan hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi, ularning yashash muhiti bilan munosabatlari, individual va tarixiy rivojlanishi, tabiat va inson faoliyatidagi ahamiyati, hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ko'paytirish va undan oqilona foydalanish to'g'risidagi bilimlar tashkil etadi. Ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti yetdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma’mur-menejerlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich juda to’g’ri ta’kidlaganlar biz farzandlarimizni komil inson bo’lishini xoxlashdan oldin o’zimiz ularga o’rnak bo’lmog’imiz kerak va ta’lim sohasida nafaqat dars jarayonida balki, darsdan tashqari vaqtlarda xam o’quvchilar bilan shug’ullanmog’imiz kerak. Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza”sida o’quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Biologik jonzotlarning asosiy qismini hayvonot olami tashkil etadi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish, yo’qolib borayotgan hayvonlarni saqlab qolish va ko’paytirish uchun Respublikamiz hududida bir qancha qo’riqxonalar, milliy bog’ va pitomniklar tashkil etilgan. Faqat davlatimiz tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning o’zi hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun yetarli emas. Bu ishga umum xalq e’tiborini qaratish kerak.Shuning uchun har bir o’quvchi Vatanimiz tabiiy boyliklaridan biri bo’lgan hayvonot dunyosini asrab-avaylashi, uni muhofaza qilish chora-tadbirlarini yaxshi bilib olishi va ularga qat’iy rioya qilishi lozim.
Tabiatda har bir tur hayvonning ma’lum bir ahamiyati bor. Hech bo’lmaganda, oziq zanjirining bir halqasini tashkil etadi. Shu bir halqaning uzilishi tabiat muvozanatining buzilishiga olib keladi. Hasharotxo’rlar turkumi haqida ma’lumotlar yig’ish, zoologiyani o’qitishda foydalanish, kelgusida yosh avlodga tatbiq etish.

Yüklə 67,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin