Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilgi va zoogeografiyasi


O’zbekistonda umurtqali hayvonlarning tarqalishi va xilma-xilligi



Yüklə 67,61 Kb.
səhifə5/8
tarix18.12.2023
ölçüsü67,61 Kb.
#184130
1   2   3   4   5   6   7   8
Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik -fayllar.org

2.3.O’zbekistonda umurtqali hayvonlarning tarqalishi va xilma-xilligi.
Togʻda hayot sharoiti choʻldagiga nisbatan xilma-xil boʻlgani sababli hayvon turlari ham koʻp. Togʻ balandligiga qarab hayvonot dunyosi ham oʻzgarib boradi.
Dengiz sathidan 200–600 m balandlikda adirlardagi suv havzalari yaqinda turli xil umurtqalilar uchiraydi.Togʻ adirlari endemik va noyob turlarga ham boy. Bu yerda noyob kapalakdan maxaon, apollon, podalariy yoki katta sadafdor ahyon-ahyonda uchrab turadi. Togʻ chala choʻllari mintaqasida gil tuproqli choʻlda choʻl toshbaqasi, qurbaqabosh taqir kaltakesak, yilqichi, yoʻrgʻa tuvaloq, toʻrgʻaylar, sariq yumronqoziq, qushoyoqlar, qumsichqonlar, sariq ilon, rang-barang chipor ilon, kulrang gekkon, turkiston gekkoni kabi hayvonlar, shuningdek, koʻk qargʻa, kurkinak, sariq chumchuq, toshsirchumchuq kabi qushlar uchraydi. Bu hayvonlarning koʻpchilligi barvaqt uchriydi. Bu hayvonlarning koʻpchiligi barvaqt uchriydi: yoz va qishda uyquga kiradi. Ammo qushlarning bir necha turi (koʻkqargʻa, kurkinak va sariq chumchuq) faqat iyunda joʻja ochadi. Chigirtkasimonlar ham ana shu davrda uchragani sababli qushlar bolalar uchun oziq yetarli boʻladi.
Dengiz sathidan 600–1100 m balanda joylashgan togʻ dashtlari mintaqasida sudralib yuruvchilardan turkiston agamasi, olay kaltakesagi, uzun oyoqli stsink, sariq ilon, tojikiston kaltakesagi, koʻzoynakli ilon; qushlardan-bedana, chil, kaklik, kuyka, soch; sut emizuvchilardan-boʻrsiq, sariq, sasssiqkoʻzan, koʻrsichqon, qoʻngʻir olaxurjun, oddiy dala sichqoni va boshqalar yashaydi.
Dengiz sathidan 1200–2500 m balanda joylashgan togʻ oʻrmonlari mintaqasida sudralib yuruvchilardan turkiston agamasi, himolay agamasi, choʻl kaltakesagi, qoʻlborilon, qalqontumshuq ilon va boshqalarni uchratish mumkin. Qushlardan-vyuroklar, sariq chumchuq, dumparast, chittak, potmachumchuq, qizilishton, moyqutlar, penochka, zargʻaldoq koʻproq uchraydi. Jarqanotlar, pishchuxalar, tezoqar soylar yonida esa suvchumchuqlar uchrab qoladi, choʻqqilar va daralar tepasida yirtqich qushlardan tasqara bilan boltayutlar parvoz qilib yuradi. Bu mintaqada yashovchi qushlarning qanotlari kalta boʻlib, uzun dumi havoda uchayotganda boshqarish vazifasini oʻtaydi. Tumshugʻining shakli egilgan bigizga, boltatumshuqning tumshugʻi esa qand ushatadigan qisqichga oʻxshaydi, ikki barmogʻi oldinga, ikki barmogʻi orqaga qaragan. Shu sababli qizilishton, pishchuxa, fotmachumchuq tik daraxtlarda chaqqon oʻrmalab yuradi. Ularning dumi qattiq va egiluvchan boʻlganidan, daraxt tanasiga tayanib tura oladi. Sut emizuvchilardan toʻngʻiz koʻp, ilvirs va qoplonlar ham uchrab qoladi. Koʻhitang togʻining archazorlarida morxoʻr, Bobotogʻ pistazorlari orasida yovvoyi qoʻy — muflon, Chatqol tizmasining yon bagʻirlarida markaziy osiyo togʻ echkisini koʻrish mumkin. Keng bargli oʻrmonlarda turkiston kalamushi, oʻrmon sichqonlari; daraxtsiz togʻ yon bagʻirlarida dala sichqonlari; qoyalar nurab tushgan joylarda latcha va oq suvsarlar; yon bagʻirlarda relikt yumronqoziq, jirgʻanoq; maymunjon chakalakzorlaridasuvsar; daraxtlarda esa tiyinlar; togʻ oʻrmonlarida yovvoyi quyon, tulki, boʻrsiq hayot kechiradi. Qoyalarning yoriqlariga quloqdor burmalab koʻrshapalak, ognev koʻrshapalagi, shimol koʻrshapalagi, gʻorlarda esa taqaburun koʻrshapalak uchraydi.
Togʻlarning dengiz sathidan 2700–2800 m balandlikdagi alp mintaqasi Chatqol, Koʻksuv, Piskon, Ohangaron, Sangzor daryolari hamda Qashqadaryo hamda Surxondaryoning bosh tomonlaridagi tizmalarning yuqori qismlarida kichik maydonni egallaydi. Alp mintaqasida suvda hamda quruqlikda yashovchilardan yashil qurbaqa ahyonda, sudralib yuruvchilardan — olay kaltakesagi koʻptoq, himolay agamasi va qalqontumshuq ilon kamroq uchraydi. Togʻdagi sudralib yuruvchilar tirik tugʻib koʻpayishi bilan sovuq sharoitda yashashga moslashgan. Qalqontumshuq ilon va olay kaltakesagi tuxum qoʻyib tirik tugʻadi (yaʼni tuxum qoʻyganidan bir necha minut oʻtishi bilan bolalari chiqadi), himolay agomasi esa tuxum qoʻyadi, biroq uning ichidagi embrioni maʼlum bir shaklga kirib ulgurgan boʻladi. Qushlardan — togʻ dupeli, boltayutar, togʻ qargʻa, alp zapchasi, alp zavirushkasi, brandt vyurogi, shoxdor toʻrgʻay; sut emizuvchilardan — ayiq, yovvoyi qoʻy, markaziy osiyo echkisi va ilvirs uchraydi. Togʻlarning pastroq joylarida sugʻur, dala sichqoni va pishchuxalar koʻp. Goho oq suvsar va latcha koʻzga tashlanadi.
1874-75 yillarda Orol dengizi va uning atrofi hayvonlari faunasini o’rganishda V.D.Alenisinning xizmatlari diqqatga sazovordir. XIX asrning 80-90-nchi yillarida va XX asr boshlarida O’rta Osiyoning, jumladan, O’zbekistonning turli-tuman biogeosenozlari tarkibiga kiruvchi umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ekologiyasini o’rganishda V.F.Oshanin, N.A.Zarudniy, V.S.Yelpatyevskiy, N.Vagner, K.F.Kessler, N.A.Mayev, V.G.Kotelnikov, N,A.Taranov, A.I.Nikolskiy va boshqalarning ishlari katta ahamiyatga ega. Masalan, V.F.Oshanin Zarafshon va Turkiston tizma tog’lari sharoitida, shuningdek, Amudaryoning yuqori oqimi hududlarida hasharotlar faunasini tarqalishi va taqsimlanishini o’rganadi. 1891 yilda “Turkistonning yarim qattiq qanotli hasharotlari faunasining zoogeografiyasi” asarini yozadi. Ushbu ishida olim 700 turdan ortiq hasharotlarning bio-ekologik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldiradi.
O’zbekiston hayvonot dunyosini o’rganishda N.A.Zarudniyning xizmatlari kattadir. U 1906-1913 yillarda Toshkent atrofidagi bir qator tabiiy biosenozlarni, Mirzacho’l, janubiy Farg’ona, Namangan va Shimoliy Farg’ona, Qizilqum kabi hududlarning umurtqali hayvonlarini o’rganadi. Uning “Qizilqum cho’lining qushlari” (1914), “Orol dengiziga sayohat” (1915), “Orol dengizining qushlari” (1916) kabi asarlarida tadqiq etilgan hududlarning 230 tur qushlari haqida batafsil ma’lumotlarni keltiradi, ya’ni ularning uchib kelishi va uchib ketish davri, oziqlanishi, ko’payishi, uya qurish vaqtlari, uyalarining shakli va boshqa, bir qancha biologik va ekologik ma’lumotlarni keltiradi.
Orol dengizi hududida uchrovchi qushlarning 338 turi va kenja turi bo’yicha sistematik ma’lumotlarni yozib qoldiradi. U o’zining ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida fanga umuman noma’lum bo’lib hisoblangan 200 dan ortiq qushlarning yangi turlarini aniqlaydi. U o’z zamonasining zoologlari orasida umurtqali hayvonlarning eng katta va turli-tumanligi bilan ajralib turuvchi kolleksiyasini tayyorlab, zoologiya muzeyining boyitganligi bilan ajralib turadi. Kolleksioner va naturalist sifatida unga teng keladigani bo’lmagan.
O’zbekiston hududida umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni biologiyasi, tarqalishi va ekologik xususiyatlarini o’rganishning navbatdagi bosqichi XX asrning 20-nchi yillaridan boshlanadi. Ushbu davr Toshkentda O’rta Osiyo (keyinchalik Toshkent) davlat universitetining ochilishi bilan bog’liq bo’ldi. Rossiyaning ilmiy markazlaridan (Moskva va Leningraddan) Toshkentga kelgan katta guruh olimlar orasida biolog olimlardan D.N.Kashkarov, A.L.Brodskiy va boshqalar ham bo’lgan. Universitetning umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining mudiri D.N.Kashkarov respublikaning turli hududlariga kafedra a’zolari (A.P.Korovin, V.P.Kurbatov, T.Z. Zohidov, R.N.Meklenbursev) bilan birga bir qator ilmiy ekspedisiyalar tashkil qilib, umurtqali hayvonlarning bir qancha guruh va sinflari faunasi, tarqalishi, ekologiyasi va ahamiyatini o’rganish ishlari amalga oshirildi.
D.A.Kashkarov 1923 yilda o’zining cho’l va sahrolarda umurtqali hayvonlarning tarqalish xususiyatlariga bag’ishlangan “Cho’ldagi hayot” asarini nashrdan chiqaradi. U 1924 yili Chimgan massividagi tog’li va tog’ yonbag’irlarida tarqalgan umurtqali hayvonlarning ekologik xususiyatlarini batafsil o’rganadi.
1929 yilda D.N.Kashkarovning V.N.Kurbatov bilan birga Markaziy Qoraqumning umurtqali hayvonlariga bag’ishlangan ilmiy ishi nashrdan chiqadi. Maqolada Qoraqumda uchrovchi umurtqali hayvonlardan 9 tur reptiliyalar, 55 tur qushlar va 4 tur sut emizuvchilarning yashash va tarqalish xususiyatlari bo’yicha ekologik ma’lumotlar batafsil beriladi. Ishda bayon qilingan taklif va tavsiyalarga binoan O’rta Osiyoning cho’l zonasini o’zlashtirishdan oldin ushbu hududdagi hayvonlarni geografik-ekologik nuqtai nazardan o’rganish lozimligi asoslab beriladi. Aynan ana shu yo’nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi shogirdlarni tarbiyalaydi. Uning ushbu yo’nalishdagi ishlarini rivojlantirishda R.N.Meklenbursev va T.Z.Zoxidovning xizmatlari katta bo’ldi.

Yüklə 67,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin