Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilgi va zoogeografiyasi



Yüklə 67,61 Kb.
səhifə1/8
tarix18.12.2023
ölçüsü67,61 Kb.
#184130
  1   2   3   4   5   6   7   8
Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik -fayllar.org


Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilgi va zoogeografiyasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNVERSITETINING PEDAGOGIKA UNSTITUTI
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI

5110400-BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI II-KURS 203-GURUH TALABASI


RAHIMQULOVA MOHLAROIMNING
ZOOLOGIYA FANIDAN “O’RTA OSIYO UMURTQALILAR FAUNASINING BIOLOGIK XILMA-XILGI VA ZOOGEOGRAFIYASI.” MAVZUSIDA


KURS ISHI
Ilmiy rahbar:

“Biologiya va geografiya”


kafedrasi o’qtuvchisi
_______ A.E.Hayitov
“____” _____ 2022 yil
TERMIZ-2022
MUNDARIJA
I.KIRISH…………………………………………………………………………..3
1.1 Mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti va metodi………………………………………………………………………………5
II.ASOSIY QISM……………………………………………………………......…7
2.1. Umurtqali hayvonlar umumiy tavsif. Umurqali hayvonlar klassifikatsiyasi………………………….………………………………….…...…7
2.2. O’rta Osiyo umurtqalilar faunasining zoogeografiyasi….................................10
2.3. O’zbekistonda umurtqali hayvonlarning tarqalishi va xilma-xiligi…………………………………………………..……………………...……23
2.4. O’zbekistonda qizil kitobga kirgan hayvonlar tarqalishi…...………….……..27
GLOSSARIY…………………………………………………………..…..….…..29
XULOSA…………………………………………………………………….……30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….….……………………………………….…….….32

KIRISH
Umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar (Chordata) tipiga kiruvchi hayvonlarga bag‘ishlanadi. Xordalilar birta tipga kirsa ham bu tipning hozirgi vaqtda 43.000 dan ortiq turi ma’lum. Hayvonot olamida bu tip vakillari alohida axamiyatga ega.
1. Bu hayvonlar eng yuksak darajali tuzilgan hayvonlar bo‘lib, evolyusiya jarayonida xilma-xil ekologik sharoitlarda yashashga moslangan va tuzilishda shunga mos belgilarini hosil qilgan.
2. Bu hayvonlar inson faoliyatida katta amaliy ahamiyatga ega
(oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport, sport sohasida) va kishilarning estetik zavqlanishida va boshqa sohalarda foydalaninadi. Hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda ham foydalaniladi. Ayrim turlari xalq xo‘jaligiga zarar ham keltiradi. Masalan, yumronqoziq, sichqon, dala sichqoni qishloq xo‘jaligiga zarar keltiradi. Ko‘plari vabo, ensefalit, brusiellyoz singari xafli kasalliklarni keltirib chiqaradi ya’ni tarqatadi.
3. Xordalilar xilma-xil tadqiqotlar uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Xususan sistematika, qiyosiy anatomiya, embriologiya, ekologiya biogeografiya, poleontologiya, filogenetika, evolyusion nazariyaning ko‘p masalalarini xal qilishda katta ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda umurtqali hayvonlarni o‘rganishda olimlardan quyidagilarning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
O`rta Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonda umurtqali hayvonlarni o`rganishda Sharqning buyuk allomalari Abu Rayhon Byeruniy va Abu Ali ibn Sino hamda rus va mahalliy olimlarning roli beqiyos kattadir. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Byeruniy (983-1043) o`zining “Hindiston” (1030 y.) asarida karkidon, fil, kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma'lumotlar beradi. O`lkamizning hayvonot olami to`g`risida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o`zining “Boburnoma” asarida 60 dan ortiq umurtqali hayvon turlarini yashash muhiti xususiyatlariga qarab quruqlik va suv bo`yida yashovchi hamda suv hayvonlariga ajratgan.
Markaziy Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonning umurtqali hayvonlarini o`rganishni E.A.Evyersman va N.A. Sevyertsovlar boshlab byerdilar. 1820 yilda rus olimi E.A.Evyersman zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda yashovchi umurtqali hayvonlar haqida ma'lumotlar to`pladi. N.A-Sevyertsov o`zining 20 yillik umrini O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlarini o`rganishga bag`ishladi va 1872 yilda “Turkiston hayvonlarining vyertikal va gorizontal tarqalishi” degan kitobini yozdi. N.M. Prjevalskiy o`zi zoolog bo`lmasada, umurtqali hayvonlarni o`rganishda katta ishlar qildi. U 1870 yildan 1888 yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g`uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) 4 marta sayohat qildi. Ikki o`rkachli tuya va Prjevalsk oti turlarini ochdi.
1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos N.A.Zarudniy keladi va u Kaspiyorgi o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar tashkil qiladi, asosan qushlarga e'tibor byerdi va 200 ga yaqin qushlarni ta'rifladi.
1920 yilda Toshkentda Turkiston Davlat univyersitetining ochilishi O`rta Osiyo xalqlari uchun buyuk voqea bo`ldi. Shu munosabat bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov ham keldi. D.N.Kashkarov O`rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab byerdi. Uning rahbarligida O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlar faunasini V.A.Selevin (sutemizuvchilar va qushlar), I.I.Kolesnikov (kemiruvchilar), R.N.Mek-lenburtsev (qushlar), G.P.Bulgakov (baliqlar), T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar) o`rgandilar.
Undan keyin zoologiya institutlari, universitetlarda umurtqalilar zoologiyasi kafedralarining ochilishi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy asarlar yozish izga tushdi. Bu borada T.Z.Zohidov, R.N.Meklenburtsev, G`.K.Komilov, O.P.Bogdanov, D.Yu.Kashkarov, A.K.Sagitov, M.O.Abdullayev va boshqalarning xizmatlari katta.
Shunday qilib, umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar tipiga mansub bo`lgan hayvonlarning tuzilishi, sistematikasi, geografik tarqalishi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi, hayot kechirishi, moslashishi, inson hayotida va tabiatdagi roli to’g’risida ta’lim byeruvchi fandir.

Yüklə 67,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin