124
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
Nafas olish sistemasi.
Baqa o‘pka va
terisi yordamida atmosfera
havosidan nafas oladi. O‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan
iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapil
lyarlar bor. Ka-
pillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi. Na-
fas olayotgan baqaning tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi.
Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i
orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi
karbonat an-
gidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi
orqali tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi.
Baqaning qon aylanish sistemasi or-
ganlari yurak,
arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan ibo
rat
(72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak
qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi
tufayli qon tomirlar
bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon
aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon
yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga bora-
di. U yerda qon to‘qimalarga
kislorodni berib, karbonat angidrid
gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi
72- rasm. Baqaning qon ay-
lanish sistemasi (A) va yuragi
Dostları ilə paylaş: