125
36-§. Ko‘l baqasining ichki tuzilishi
(72-rasm). Kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorin-
chasidan o‘pka arteriyalari orqali o‘pka va teriga keladi. O‘pka va
teridagi kapillyarlardan qon karbonat
angidridni havoga beradi va
kislorod bilan to‘yinib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Shunday
qilib, yurakning chap bo‘lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o‘ng
bo‘lmasida esa karbonat angidrid bilan to‘yingan vena qoni bo‘ladi.
Ikkala bo‘lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya
va vena qonlari
bir vaqtning o‘zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi.
Ayirish sistemasi.
Baqaning ayirish sistemasi baliqlarnikiga
o‘xshash ikkita uzun tasmasimon buyrakdan iborat.
Buyraklar qorin
bo‘shlig‘ida, umurtqa pog‘onasining yon tomonlarida joylashgan. Har
qaysi buyrakdan bittadan ingichka naycha – siydik yo‘llari chiqib,
kloaka bo‘shlig‘iga ochiladi. Siydik kloaka orqali tashqi muhitga
chiqib ketadi.
Moddalar almashinuvi.
Baqalar baliqlar singari sovuqqonli hayvon-
lardir. Ularning organizmida moddalar almashinuvi sust kechgani-
dan tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq, ya’ni havo
isiganda tana harorati ko‘tariladi, soviganida esa pasayadi.
Sovuq
tushganida baqalar kam harakat bo‘lib qoladi. Qishda ular biror
pana joyga kirib olib karaxt bo‘lib yotadi.
Nerv sistemasi.
Baqaning bosh miyasi baliq
larnikiga
nisbatan
yaxshiroq rivojlangan, unda ikkita bo‘rtmachadan iborat yarimsharlar
hosil bo‘ladi (73-rasm). Baqa baliqlarga
nisbatan sekin harakatlani-
shi, tanasining yer yuzasiga yaqin joylashganligi tufayli ular haraka-
tini va tana muvozanatini boshqarib turadigan miyachasi kuchsiz
rivojlangan.
Baqa sezgi organlarining tuzilishi quruqlik
muhitiga moslash
gan.
Ikkita qovog‘i ko‘zlarini himoya qiladi va namlab turadi. Eshitish
organlari ichki va o‘rta bo‘limdan iborat. O‘rta quloq ko‘zning
Dostları ilə paylaş: