Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171
zoologiya 7 uzb

Teri-muskul xaltasi.
Chuvalchang 
tanasi bir qavat epiteliy hujayralar-
dan iborat yupqa teri bilan qoplangan 
(25-rasm). Bu hujayralar ishlab chiqa-
radigan shilimshiq modda terini doim 
namlab turadi. Teri ostida halqasimon 
va bo‘ylama muskullar joylashgan. 
Mus 
kullar ostida ichki epiteliy qavati 
tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tashqi va 
ichki epiteliy, hal 
qasimon va bo‘ylama 
muskullar teri-muskul xaltasi deb ata-
ladigan tana devorini hosil qiladi. Tana 
bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashadi.
Harakatlanishi.
Yomg‘ir chuval 
changi 
tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda 
in qazib hayot kechirishga moslashgan. 
Chuvalchang hara 
kat 
langanida oldingi qismidagi halqa 
simon mus-
kullar qisqa 
rib, tanasi cho‘ 
ziladi va ingichkalashadi; u tanasining 
oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana 
de 
vo 
ridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi; tanasining oldingi qis-
mi yo‘g‘onlashib tup 
roq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining 
keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga yo‘l ochadi. Tuklari harakat-
langanida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda 
uning siljishini yengillashtiradi.
Tana bo‘shlig‘i. 
Yomg‘ir chuvalchangining suyuqlik bilan to‘lgan 
tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashgan. Bu bo‘shliq yupqa par-
dadan iborat ko‘ndalang to‘siqlar bilan alohida bo‘lmalarga ajralgan. 
Tana bo‘shlig‘i bo‘lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga 
teng. Tana bo‘shlig‘i devorining ichki yuzasi bir qavat bo‘lib joy-
lashgan epiteliydan iborat.
Nerv sistemasi. 
Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari 
to‘planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil 
qiladi (26-rasm). Ularni halqumni ikki tomondan aylanib o‘tadi-
gan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni 
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin