57
muskullar qisqarganida pallalar yopiladi. Muskul
lar bo‘shash
ganda esa
orqa tomondagi elastik paylar tortilib, chig‘anoq pallalari ochiladi.
Chig‘anoq keyingi uchining yuqori va pastki tomonida tirqishsi-
mon ikkita teshik – sifon bo‘ladi. Pastki kirish sifoni orqali mantiya
bo‘shlig‘iga suv kirib, ustki chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi.
Chiqarish sifoniga orqa chiqarish, ayirish va jinsiy organlarining
teshiklari ochiladi.
Oziqlanishi.
Og‘iz teshigi oyoqning asosida joylashgan. Kirish
sifoni orqali mantiya bo‘shlig‘iga suv bilan birga organik zarra
lar,
sodda hayvonlar va boshqa mikroskopik jonivorlar kiradi. Og‘iz oldi-
da joylashgan ikki juft paypaslagichlari oziqni tutib qoladi va hazm
qilish sistemasiga yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: