52
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
2-laboratoriya mashg‘uloti.
Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi,
harakatlanishi va refleks hosil qilishi
Kerakli jihozlar: tirik yirik yomg‘ir chuvalchangi, yomg‘ir chuval-
changi solingan nam tuproqli vannacha, qo‘l lupasi, chizg‘ich, kar-
ton qog‘oz, entomologiya ninachalari yoki uchi o‘tkirlangan qalam.
Tirik yomg‘ir
chuvalchangini tuproqdan olib, quyidagi ishlarni
bajaring:
1. Tanasining oldingi konussimon ingichkalashgan va keyingi
birmuncha to‘mtoq tomonini aniqlang. Lupa yordamida chuvalchang
oldingi tomoni ostki qismida joylashgan og‘iz teshigi va keyingi
uchidagi orqa chiqarish teshigini toping.
2. Tana halqalarini
lupa yordamida sanab chiqing, uning turli
qismidagi halqalarning katta-kichikligini aniqlang.
3. Tananing qoramtir do‘ng orqa va oqish yassi qorin tomonini
hamda yirik orqa va qorin qon tomirlarini toping va ularning
yo‘nalishini aniqlang.
4. Chuvalchangni bir varaq silliq bo‘lmagan quruq qog‘oz usti-
ga qo‘ying. Yomg‘ir chuvalchangi qog‘oz
ustida harakatlanganida
uning tuklari qog‘ozga ishqalanishi tufayli shitirlagan tovush chi-
qishini tinglang.
5. Juda ehtiyotlik bilan barmog‘ingizni chuvalchangning qorin
tomoni bo‘ylab orqadan oldinga, keyin oldindan orqaga yuriting.
Bunda chuvalchangning tuklari barmog‘ingizga tegishini sezasiz.
6. Lupa yordamida tana halqalarining
qorin tomonida joylash-
gan tuklarini toping.
7. Chuvalchangni oyna ustiga va silliq bo‘lmagan qog‘oz usti-
ga qo‘yib, uning harakatini kuzating. Uning oyna ustida qiyin
harakatlanishi sababini tushuntiring.
8. Cho‘p yoki qalam uchini chuvalchang tanasining turli joyiga
tekkizib, chuvalchangning ta’sirlanishini kuzating.
9. Chizg‘ich bilan chuvalchang tanasining uzunligini har xil
holatda o‘lchab ko‘ring.
Chuvalchang rasmini chizib, organlarini
ko‘rsating.
10. Chuvalchangni tuproq ustiga qo‘yib, uni tuproq zarralari
orasiga suqilib kirishini kuzating.