Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171
zoologiya 7 uzb

35-rasm. Daryo qisqich-
baqasining tashqi tuzilishi:
1 – boshko‘krak;
2 – qo rin; 3 – uzun 
mo‘y lov; 4 – kalta 
mo‘ylov; 5 – jag‘lar;
6 – jag‘ oyoqlar; 7 – qis-
qich; 8– yu rish oyoqlari; 
9 – qo rin oyoq lari;
10 – dum suzgich
3
2
1
4
5
6
7
9
10
8
Tashqi tuzilishi.
Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin 
po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi 
ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini 
bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib 
birikadi.
Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat 
(35-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining ha 
rakatsiz 
birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan 
qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana 
shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joy-
lashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va 
kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘iz 
teshigini uch juft jag‘lar o‘rab turadi.
Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ular-
dan 3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va 
jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan 
birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy 
yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xiz-
mat qiladi.
Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir 
juftdan qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli 
bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.
Harakatlanishi.
Odatda, qisqichbaqa suv tubida ko‘krak bo‘li-
midagi to‘rt juft yurish oyoqlari yordamida o‘rmalab yuradi. Lekin 
u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez 
siltab, orqa tomoni bilan suzadi.


62
Nafas olishi.
Qisqichbaqa jabralar orqali nafas oladi. Jabralar 
ko‘krak bo‘limidagi jag‘oyoqlari va oldingi to‘rt juft yurish oyoq-
lari asosida joylashgan. Jag‘oyoqlari harakati tufayli jabralarda suv 
almashinib turadi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin