Zoologiya uzb 2017. indd


-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171
zoologiya 7 uzb

17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi
Muskullari va tana bo‘shlig‘i.
Daryo qisqichbaqasining mus-
kullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar 
atrofida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Xitin qoplag‘ichi keng tana 
bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Ichki organlar ana shu bo‘shliqda joy-
lashgan.
Hazm qilish sistemasi.
Qisqichbaqaning og‘zi boshining ostida 
joylashgan. Oziq og‘iz, qisqa halqum va qizilo‘ngach orqali ikki 
bo‘lmali oshqozonga o‘tadi (36-rasm). Oziq avval katta oshqo-
zonda maydalangach, keyin kichik oshqozonga tushadi. U yerdan 
oziq suzilib o‘tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm 
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi 
36-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi:
1 – og‘iz; 2 – katta oshqozon; 3 – kichik oshqozon; 4 – ichak; 
5 – halqu m usti nerv tuguni; 6 – halqum osti nerv tuguni
7 – qorin nerv zanjiri; 8 – jinsiy bez
5
1
2
7
6
4
3
8
?!


64
bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichi 
ning o‘rtasida 
joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi.
Qon aylanish va nafas olish sistemalari.
Boshko‘krakning orqa 
tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan (37-
rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan 
tomirlar orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, to‘qimalarga oziq moddalar 
va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig‘ilib, jabralar-
ga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o‘tadi; qonda to‘planib 
qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod 
bilan to‘yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali 
uning bo‘shlig‘iga o‘tadi.
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin