Zoologiya uzb 2017. indd


Ko‘payishi va rivojlanishi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171
zoologiya 7 uzb

Ko‘payishi va rivojlanishi.
Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Urg‘ochi-
sining qorin bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq, erkaginiki, 
aksincha, torroq bo‘ladi. Urg‘ochisi erta bahorda qo‘ygan tuxumlarini 
qorinoyoqlariga yopishtirib olib yuradi. Yoz boshlanishi bilan tuxum-
lardan qisqichbaqalar yetishib chiqadi. Ular urg‘ochisining qorinoyoq-
lariga yopishib oladi; keyinroq mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Qisqichbaqalar hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari eski qattiq 
po‘stini tashlab, ya’ni tullab o‘sadi. Tullagan qisqichbaqaning eski 
qoplag‘ichi ostida yangisi hosil bo‘ladi. U tez o‘sa boshlaydi. 
Lekin ohak modda shimilgan qoplag‘ichi asta-sekin qattiqlashib, 
o‘sishdan to‘xtaydi va yana tullaydi. 
1. Daryo qisqichbaqasi qanday hayot kechiradi?
2. Qisqichbaqa xitin qoplag‘ichi qanday tuzilgan?
3. Qisqichbaqa gavdasi qanday bo‘limlardan iborat?
4. Qisqichbaqaning boshko‘krak bo‘limi qanday tuzilgan?
5. Qisqichbaqa qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
6. Qisqichbaqa qanday harakatlanadi?
7. Qisqichbaqa qanday nafas oladi?
1. Qisqichbaqa tanasi:
a) bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat;
b) bosh va ko‘krak bo‘limlaridan iborat;
d) boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat.
2. Qisqichbaqa jabralari:
a) jag‘oyoqlari va yurish oyoqlari asosida joylashgan;
b) ko‘krak va qorin oyoqlari asosida joylashgan;
d) jag‘oyoqlari va qorin oyoqlari asosida joylashgan.
Qisqichbaqa tanasi organlari va ular vazifasini juftlab yozing.
a) qisqichlar; 
1) oldinga sekin harakatlanish;
b) qorinoyoqlar;
2) orqaga tez suzish;
d) xitin qoplag‘ich;
3) himoya, tayanch;
e) jag‘oyoqlar; 
4) oziqni ushlash;
f) ko‘krak oyoqlar;
5) oziqni surish, suvni haydash;
g) dum suzgich. 
6) tuxumlarni olib yurish.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Bo‘g‘imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, boshko‘krak, mo‘ylovlar, jag‘lar, 
jag‘oyoq lar, qisqich, xitin qoplag‘ich, dum suzgich, yurish oyoqlari, tullash.
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi


63
Jumboqni yeching. Qisqichbaqasimonlar faol hayot kechiradigan hayvonlar. 
Nima sababdan ularning jabralari jag‘oyoqlari va yurish oyoqlari asosida joy-
lashadi?
Topishmoqda qaysi hayvonning tuzilishi va hayot kechirishi tasvirlangan?
16. Qisqichi bor, uzun mo‘ylov. 
Kunduz dam olar, tunda qilar ov. 
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-6, d-3, e-5, f-1, g-2.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin