35-rasm. Daryo qisqich- baqasining tashqi tuzilishi: 1 – boshko‘krak;
2 – qo rin; 3 – uzun
mo‘y lov; 4 – kalta
mo‘ylov; 5 – jag‘lar;
6 – jag‘ oyoqlar; 7 – qis-
qich; 8– yu rish oyoqlari;
9 – qo rin oyoq lari;
10 – dum suzgich
3 2 1 4 5 6 7 9 10 8 Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin
po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi
ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini
bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib
birikadi.
Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat
(35-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining ha
rakatsiz
birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan
qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana
shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joy-
lashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va
kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘iz
teshigini uch juft jag‘lar o‘rab turadi.
Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ular-
dan 3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va
jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan
birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy
yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xiz-
mat qiladi.
Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir
juftdan qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli
bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.
Harakatlanishi. Odatda, qisqichbaqa suv tubida ko‘krak bo‘li-
midagi to‘rt juft yurish oyoqlari yordamida o‘rmalab yuradi. Lekin
u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez
siltab, orqa tomoni bilan suzadi.
62
Nafas olishi. Qisqichbaqa jabralar orqali nafas oladi. Jabralar
ko‘krak bo‘limidagi jag‘oyoqlari va oldingi to‘rt juft yurish oyoq-
lari asosida joylashgan. Jag‘oyoqlari harakati tufayli jabralarda suv
almashinib turadi.