65
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi
ko‘p mayda ko‘zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko‘zcha
atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko‘radi. Hamma ko‘zcha-
lar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko‘rish ko‘pchilik
bo‘g‘imoyoqlilar uchun xos bo‘lib,
mozaik ko‘rish deyiladi.
Daryo qisqichbaqasi mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan
tukchalar hid bilish hamda tuyg‘u organlari hisoblanadi. Kalta
mo‘ylovlarining asosida
eshitish va
muvozanat saqlash
organlari joy-
lashgan.
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati.
Qisqichbaqa-
simonlarning 30
000 dan ortiq turi ma’lum. Ularning ko‘pchili-
gi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot
kechiradi. Suvda muallaq
yashovchi mayda qisqich
baqasimonlar
plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqa-
simonlardan
dafniya va
siklop ko‘p uchraydi (38-rasm). Ular
baliqchilik xo‘jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun max-
sus ko‘paytiriladi.
Dostları ilə paylaş: