Zoologiya uzb 2017. indd


-rasm. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
zoologiya 7 uzb

42-rasm. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi:
A – orqa tomondan va B – qorin tomondan ko‘rinishi; D – uchayotgan qo‘ng‘iz: 
1 – mo‘ylovlari; 2 – boshi; 3 – ko‘zi; 4 – ko‘krak bo‘limi; 5 – ustqanot; 
6 – orqa oyoq; 7 – qorin; 8 – yurish oyoqlari; 9 – ostki qanot
6
5
4
D
B
A
3
1
8
2
7
9


74
yuqori lab, yon tomondan bir juft yuqori va pastki jag‘ 
lar, ostki 
tomondan pastki lab o‘rab turadi (43-rasm). Pastki lab va pastki 
jag‘lar bir juftdan paypaslagichlar bilan ta’ 
minlangan. Paypaslagichlar 
tuyg‘u va ta’m bilish organlari hisoblanadi.
7.3. Hasharotlar sinfi
1
2
3
4
5
6
A
B
43-rasm. Hasharotlar 
bosh qismining tuzilishi:
A – ustki va B – ostki 
tomondan ko‘rinishi: 
1 – mo‘ylovlar; 2 – 
ko‘z; 3 – yuqori lab
4 – yuqori jag‘; 5 – 
pastki jag‘; 6 – pastki 
lab
Qo‘ng‘iz boshining ikki yonida bittadan yirik murakkab ko‘zlari 
bo‘ladi. Har qaysi ko‘z bir necha mingta zich joylashgan mayda 
oddiy ko‘zchalardan iborat. Hasharotlar ham daryo qisqichbaqa-
si singari mozaik ko‘rish xususiyatiga ega. Ko‘pchilik hasharotlar 
rangni yaxshi ajratib oladi. Ko‘zlarining oldida yelpig‘ichga o‘xshash 
mo‘ylovlari joylashgan. Erkak qo‘ng‘izning mo‘ylovi urg‘ochilariga 
nisbatan yirikroq bo‘ladi. Mo‘ylovlar hid bilish organi hisoblanadi.
Ko‘krak bo‘limi.
Hasharotlarning ko‘krak bo‘limi uchta bo‘g‘im-
dan iborat. Ikkinchi va uchinchi ko‘krak bo‘g‘imlarining ustki to-
monida bir juftdan qanotlar joylashgan. Orqa tomondan ko‘krak 
bo‘limining faqat birinchi bo‘g‘imi ko‘zga tashlanadi. Ko‘krakning 
keyingi ikki bo‘g‘imi va qorin bo‘limi qattiq va qalin ustqanotlar bi-
lan qoplangan. Bu qanotlar nozik pardasimon ostqanotlarni va yum-
shoq qorin bo‘limini himoya qilib turadi. Ko‘pchilik qo‘n 
g‘izlarning 
ustki qanotlari ikki tomonga yoyilib, samolyot qanoti singari ko‘ta-
rish yuzasini hosil qiladi. Lekin bronza qo‘ng‘izining ustki qanotlari 
uchishda ishtirok etmaydi. Bu qanotlar qo‘ng‘iz uchganida ham 
tanasining orqa tomoniga yopishib turaveradi. Ustki qanotlar oldingi 
qismining ikki chetida bittadan kemtik joyi bo‘ladi. Uchishdan oldin 
qo‘ng‘iz bu kemtiklar orqali ostki qanotlarni chiqarib yoyib oladi va 
tez-tez qanot qoqib, uchib ketadi.
Qo‘ng‘izlar va boshqa hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imi-
ga qorin tomondan bir juftdan oyoqlar birikkan. Oyoq 
lari besh 
bo‘g‘imli, oxirgi bo‘g‘imi o‘tkir tirnoqlar bilan ta’ 
min 
langan.


75
Yashash muhiti hasharotlarning tuzilishiga katta ta’sir ko‘r 
satadi. 
Yerda o‘rmalab yuradigan hasharotlar (qo‘n 
g‘izlar)ning hamma 
oyoq 
lari bir xilda tuzilgan. Sakrab harakat qiladigan chigirtkalarning 
orqa oyoqlari yo‘g‘on va uzun bo‘ladi. Suv qo‘n g‘izi va suv qanda-
lalari oyoqlari eshkakka aylangan. Tup 
roqda yashovchi buzoqboshi-
ning oldingi oyoqlari esa belkurakka o‘xshab kengaygan.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin