71
Falangalar.
Ular o‘rgimchaksimonlar orasida eng yirigi bo‘
lib,
asosan issiq va quruq iqlimda hayot kechiradi. O‘rta Osiyo cho‘llari-
da keng tarqalgan yirik
sariq falanganing kattaligi 6–7 sm ni tashkil
etadi.
Falanganing tanasi bosh, ko‘krak
va qorin qismlaridan iborat
(41-rasm, 1). Boshida bir juft ko‘zi va og‘iz organlari (jag‘lari)
joylashgan. Jag‘lari o‘tkir tirnoqqa, oyoq paypaslagichlari esa yu-
rish oyoq
lariga o‘xshaydi. Sariq falanga yirtqich bo‘lib, kechasi
ovga chiqadi. U
turli hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan
oziqlanadi. Uning zahar bezi bo‘lmaydi. Falanga zararkunanda ha-
sharotlarni qirib foyda keltiradi.
Chayonlar
janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. O‘rta Osiyo
hududida
sariq chayon ko‘p uchraydi.
Uning yassi tanasi bosh-
ko‘krak va qorin qismlariga bo‘lingan (41-rasm, 2). Boshining
ustida bir juft yirikroq ko‘zlari, ikki yonida esa besh juft mayda
ko‘zchalari bor. Ustki jag‘lari o‘rgimchaknikiga o‘xshaydi, lekin oyoq
paypas
lagichlari qisqichga aylangan. Uzun qorin bo‘limi keng oldin-
gi va ingichka orqa qismlardan iborat. Qornining oxirgi bo‘g‘imida
zahar bezi va nayzasi bor. Nayzaning uchiga zahar bezining yo‘li
ochiladi.
Chayonlar
kunduzi toshlar ostida, devor va yerdagi kovaklarda
yashirinib yotib, kechasi ovga chiqadi. Ular qornining ingichka
qismini yuqori ko‘tarib, tez yuguradi. Yo‘lida uchragan har xil
bo‘g‘imoyoqlilar, asosan o‘rgimchak va hasharotlarni qisqichlari yor-
damida
tutib olib, zaharli nayzasi yordamida o‘ldiradi. Chayonlar
20–30 tagacha tirik bola tug‘ib ko‘payadi. Chayonlar zararkunanda
hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
Dostları ilə paylaş: