67
to‘rini ko‘p uchratish mumkin. Butli o‘rgimchakning tanasi
kichik boshko‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo‘lina-
di (39-rasm). Boshko‘krakning ustki tomonida to‘rt juft oddiy
ko‘z
chasi, oldingi uchida bo‘g‘imlarga bo‘lingan ikki juft og‘iz
organlari joylashgan.
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi
2
4
1
3
5
7
6
39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri:
1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin;
5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja
Og‘iz
organlarining birin
chi jufti
ustki jag‘lar hisob lanadi. Ust-
ki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘sim-
tadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi.
Jag‘lar
ning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida
zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi tanasiga tushadi va
uni o‘ldiradi.
O‘rgimchaklarning
ikkin
chi juft og‘iz organlari
oyoq paypas-
lagichlar
deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qop
langan
bo‘lib, tuyg‘u
organi hisob
lanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘im-
lari
pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgim
chakning oyoq
paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Bosh-
ko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoq
lari ham joylashgan.
Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining
orqa
tomonida butsi
mon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga
butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida
uch juft
o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bez-
larining yo‘llari ochiladi.
Dostları ilə paylaş: