69
xeyalar (ingichka naysimon nafas olish organlari) ham ishtirok
etadi. Traxeyalar qorin bo‘limining keyingi qismida umumiy te-
shik orqali atmosfera havosi bilan bog‘langan. O‘rgimchak qon
aylanish, ayirish va nerv sistemalarining
tuzilishi daryo qisqich-
baqasinikiga o‘xshash bo‘ladi.
Ko‘payishi.
Butli o‘rgimchakning urg‘ochisi erkagiga nisbatan
yirikroq bo‘ladi. Urg‘ochisi kuzda urug‘langandan keyin biror pana
joy (toshlar va daraxtlar po‘stlog‘i osti)ga
bekinib olib, iðdan to‘qil-
gan pillaga bir qancha tuxum qo‘yadi. Qishda o‘rgimchaklar nobud
bo‘ladi, tuxumlari
pilla ichida qishlab qoladi. Bahorda tuxumlardan
yosh o‘rgimchaklar chiqadi.
1. Butli o‘rgimchakning boshko‘krak bo‘limi qanday tuzilgan?
2. Butli o‘rgimchak jag‘lari qanday tuzilgan?
3. O‘rgimchakning qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
4. O‘rgimchakning tutqich to‘ri qanday to‘qiladi?
5. Butli o‘rgimchak qanday ov qiladi?
6. O‘rgimchaklar qanday nafas oladi?
7. Butli o‘rgimchak qanday ko‘payadi?
1. O‘rgimchak tanasi bo‘limlari:
2. O‘rgimchakning qorin bo‘limi uchida:
a) yaxlit boshko‘krak
va qorin;
a) ikki juft o‘rgimchak so‘gallari bor;
b) bosh, ko‘krak va qorin;
b) butsimon oqish dog‘ bo‘ladi;
d) bosh, boshko‘krak va qorin.
d) uch juft o‘rgimchak so‘gallari bor.
3. O‘rgimchakning nafas olish organi:
b) ikki juft o‘pkalar;
a) bir juft o‘pka va traxeyalar;
d) ikki tutam traxeyalar.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
O‘rgimchaksimonlar,
zahar bezlari, oyoq paypaslagichlar, o‘rgimchak bezlari,
tutqich to‘r, o‘pka xaltalari, traxeyalar, pilla.
Jumboqni yeching. Aytishlaricha, juda mustahkam
ip olish maqsadida olib
borilgan o‘rgimchaklarni qo‘lda boqish ishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Nima
uchun shunday bo‘lgan?
Topishmoqda qaysi hayvonning ov qilishi tasvirlangan?
18. To‘ri bilan o‘rab oladi,
Chivinga u zanjir soladi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d, 3a.
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi
?!