Sezgi organlari. Hasharotlar ko‘zining tuzilishi daryo qisqich-
baqasinikiga o‘xshash. Ko‘pchilik hasharotlar rangni, ayniqsa, hidni
juda yaxshi sezadi. Ayrim kapalaklarning erkagi urg‘o
chisining hi-
dini 11 km masofadan sezgan va uchib kelgan. Ha
sha
rotlar ta’mni
ham yaxshi farqlay oladi. Ko‘pchilik hasha
rotlar (chirildoqlar,
temirchaklar, jizildoqlar)da ovoz chiqarish va eshitish organlari ham
bor. Hasharotlar tanasidagi va mo‘y
lovlaridagi har xil tuk teri sezgi organlari hisoblanadi.
1. Hasharotlarning og‘iz organlari qanday tuzilgan?
2. Hasharotlar yuragi qanday tuzilgan?
3. Hasharotlar qanday nafas oladi?
4. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
5. Nerv sistemasi qanday tuzilgan?
6. Hasharotlarda qanday sezgi organlari rivojlangan?
Qaysi javoblar to‘g‘ri?
1. a) hasharotlar qoni qon tomirlarida oqadi;
b) qoni tana bo‘shlig‘i suyuqligi bilan bir xilda;
d) yuragi naysimon, ko‘krak bo‘limi ustida joylashgan.
2. a) hasharotlar qoni nafas olishda ishtirok etmaydi;
b) qoni karbonat angidrid tashiydi;
d) yuragi ikki kamerali.
3. a) bosh miya nerv hujayralaridan iborat;
b) bosh miya nerv tugunlari to‘plamidan iborat;
d) bosh miya 5 bo‘limdan iborat.
Lug ‘at daftaringizga yozib oling. Kemiruvchi, so‘ruvchi, sanchib so‘ruvchi, malpigi naychalari, bosh miya, teri,
sezish organlari.
Jumboqni yeching. 1. Nima sababdan hasharotlar orasida tunlam kapalakning
erkagi eng yirik mo‘ylovga ega? 2. Nima sababdan asalari va pashshalarning
qorin bo‘limi tinch holatda ham ko‘tarilib va tushib turadi?
Topishmoqda qaysi sinfga mansub hayvon to‘g‘risida ma’lumot berilgan?
21. Olti oyoq tuyoqsiz,
Ko‘zlari bor sanoqsiz.
7.3. Hasharotlar sinfi ?!