Iðakchilik. Iðakchilik, ya’ni pillachilik xalq xo‘jaligi tarmog‘i
bo‘lib, tut iðak qurti boqish va uni qayta ishlashni o‘z ichiga oladi.
Iðak qurti maxsus pillaxonalarda qurilgan so‘kchaklarda boqiladi.
Qurtlik davri 20–24 kun davom etadi. Shu davr mobaynida qurt
to‘rt marta tullab, beshinchi yoshga o‘tadi. Bu yoshda uning uzun-
ligi 8–9 sm ga yetadi. Tullayotgan qurtlar oziqlanishdan va hara-
katdan to‘xtaydi. Bu davr «uyqu davri» deb ataladi.
Qurtlar g‘umbakka aylanishi uchun so‘kchaklarga qurigan may-
da shoxlar tashlanadi. Qurtlar shoxlarning ustiga chiqib, uch kun
davomida tanasi atrofiga pilla o‘raydi va g‘umbakka aylanadi. Pil-
lalar yig‘ib olinib, iðak olish uchun yigiruv fabrikalariga jo‘natila-
di. Fabrikada pilla ichidagi g‘umbak issiq suv yoki bug‘ ta’sirida
o‘ldiriladi; pilladan esa ið yigiriladi. 1 kg pilladan 90 g yengil va
pishiq tabiiy iðak olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iðakchilik instituti olimlari tomonidan
iðak qurtining oq pilla beradigan sermahsul zotlari, tut daraxti
ning
mo‘l hamda to‘yimli barg beradigan navlari yaratilgan.
1. Kapalaklar qanday tuzilgan?
2. Kapalaklar qurti qanday tuzilgan?
3. Karam kapalagi qanday rivojlanadi?
4. Tut iðak qurti qanday tuzilgan?
5. Tut iðak qurti qanday boqiladi?
6. Ipak qurti qanday qilib pilla o‘raydi?
1. Kapalaklar qurtlari...
a) o‘simlik va hayvonlar to‘qimalari bilan oziqlanadi;
b) gul nektari bilan oziqlanadi;
d) qorin bo‘limida 5 juft soxta oyoqlari bo‘ladi.
24-§. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi 2 3 1 50-rasm. Tut iðak qurti: 1 – tuxum qo‘yayotgan
urg‘ochi kapalak;
2 – tut bargi ustidagi qurt;
3 – pilla va uning
ichidagi g‘umbak
88
2. Karam kapalagi qanotlari...
a) chetida katta qora dog‘i bo‘ladi;
b) chetida yashil dog‘lari bor;
d) yirik qizg‘ish dog‘lar bilan qoplangan.