98
VIII
BOB
XORDALILAR TIPI
Xordalilar tiði lansetniklar, tog‘ayli baliqlar, suvda hamda quruq-
likda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar
sinflariga ajratiladi. Ularnig o‘q skeleti tana bo‘ylab o‘tgan xordadan
iborat. Xorda ustida nerv nayi, uning ostida ichak joylashgan. Jabra
yoki o‘pka bilan nafas oladi.
28-§. Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.
Lansetniklar tropik va mo‘ta-
dil iqlimli dengizlar,
shu jumladan, Qora dengizda tarqalgan. Och
pushti rangli shaffof, tanasining uzunligi 4–8 sm bo‘lib, ikki yoni
yassi, oldingi va keyingi tomonlari biroz ingichkalashgan (57-rasm).
Teri burmalari bilan qoplangan dum suzgichi esa qo‘sh tig‘li jar-
rohlik asbobi – lansetga o‘xshaydi. Lansetnik hayotining ko‘p qis-
mini dengiz tubidagi qumga ko‘milgan holda o‘tkazadi. Qumdan
faqat lansetnikning oldingi og‘iz tomoni chiqib turadi. Og‘iz
teshigi
10–20 juft paypaslagich
lar bilan o‘ralgan.
Dostları ilə paylaş: