93
mavsumida uy hayvonlariga tinchlik bermaydi. Bo‘kalarning qurt-
lari qoramollar terisi ostida, otlar oshqozoni va qo‘ylarning
burun
bo‘shlig‘ida parazitlik qilib, ularning mahsuldorligini kamaytiradi.
1. Uy pashshasi qanday tuzilgan?
2. Pashshaning qurtlari qanday rivojlanadi?
3. Chivinlar qanday zarar yetkazadi?
4. Iskabtoparlar qanday zarar yetkazadi?
5. So‘nalarning zarari nimadan iborat?
6. Bo‘kalar qanday ziyon keltiradi?
1. Uy chivini qurtining:
a) boshi va oyoqlari rivojlanmagan;
b) og‘iz organlari so‘ruvchi;
d) qorin oyoqlari kalta.
2. So‘na issiq yoz mavsumida:
a)
kam uchraydi;
b) kechqurunlari uchadi;
d) hayvonlarga tinchlik bermaydi.
1. Hasharotlar va ularning ahamiyatini juftlab ko‘rsating.
a) uy pashshasi;
1)
terini teshib, qon so‘radi;
b) bo‘ka;
2) leyshmaniyani tarqatadi;
d) so‘na;
3) bezgak yuqtiradi;
e) iskabtoparlar;
4) ichburug‘
mikrobini yuqtiradi;
f) chivin.
5) burun bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Pashsha, chivin, so‘na, bo‘ka, pashshalar, bezgak, ichburug‘, qorin tifi,
mikroblar.
Jumboqni yeching. Pashshalar axlatxonalarni yaxshi ko‘rishsa-da, ozodalikka
rioya qiladigan jonivorlar hisoblanadi.
Axlat yalab, qorin to‘yg‘azgan pashsha
iliq va yorug‘ joyga o‘rnashib olib, oldingi oyoqlari panjalarini obdon yalab
tozalaydi. Pashshalar nima sababdan bunday qilishadi?
Quyidagi topishmoqlarda qaysi hasharotlarning tuzilishi va hayoti tasvirlangan?
32. Kichkina mitti
Qulog‘im
ostidan
Ming‘irlab o‘tdi.
Shapaloq tushirsam,
Suyaksiz ekan
Ezilib ketdi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-5, d-1, e-2, f-3.
26-§. Ikki qanotlilar turkumi
?!