Zoologiya uzb 2017. indd


Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   171
zoologiya 7 uzb

Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. 
Biologik 
kurash zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foy-
dalanishdan iborat. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda 
yirtqich xonqizi qo‘ng‘izi, tillako‘z, yaydoqchilardan trixogramma, 
gabrobrakon, inkarziya, hasharotxo‘r hayvonlar (qushlar, sutemizuv-
chilar, baqalar)dan foydalaniladi. Buning uchun biologik fabrika-
larda yirtqich va parazit hasharotlar sun’iy ko‘paytirilib, dalalarga 
tarqatiladi.
Biologik kurashning ya 
na bir usuli ekin ekiladigan maydonlarda 
qulay sharoit yaratish bilan foydali hayvonlarni jalb qilish va ular 
sonini ko‘paytirishdan iborat. Bu usul zaharli kimyoviy moddalarni 
qo‘llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hay-
vonlarni himoya qilish orqali amalga oshiriladi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi.
Bo‘g‘imoyoq 
lilarning ajdod-
lari tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar hisoblanadi. Trilobitlar 
halqali chuvalchanglar bilan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasi 
dagi oraliq 
hayvonlar hisoblanadi. Ularning tuzilishi ko‘p tukli halqalilar-
ga o‘xshash bo‘lib, har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan bir xil 
tuzilgan oyoqlari bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida halqa-
li chuvalchang 
larning suz 
gich o‘simtalari oyoqlarga aylangan; 
yupqa terisi qalinlashib, xitin qoplag‘ichni hosil qilgan. Ana 
shu yo‘l bilan halqali chuvalchanglardan sodda tuzilgan qadimgi 
7.3. Hasharotlar sinfi
A
B
D
1
3
2
1
2
E
56-rasm. Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar:
A – burga: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – g‘umbagi; 3 – qurti; B – bit: 
1 – voyaga yetgan davri; 2 – sirkasi; D – oddiy chivin; E – bezgak chivini


97
bo‘g‘imoyoqlilar – trilobitsimonlar, ulardan qisqichbaqasimonlar 
va o‘rgimchaksimonlar, hasharotlarning esa qisqichbaqasimonlar-
dan paydo bo‘lganligi taxmin qilinadi.
1. Hasharotlar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
2. Hasharotlar o‘simliklar uchun qanday ahamiyatga ega?
3. Qanday hasharotlar zararkunanda hisoblanadi?
4. Parazit hasharotlar qanday zarar keltiradi?
5. Qaysi kasalliklar hasharotlar orqali tarqaladi?
6. Zararkunandalarga qarshi biologik kurash nima?
7. Bo‘g‘imoyoqlilar qanday kelib chiqqan?
1. Organik qoldiqlar bilan 
2. Zararkunandalarga qarshi ularning
oziqlanadigan hasharotlar: 
kushandalaridan foydalanish:
a) o‘simlikxo‘r va etxo‘r deyiladi; 
a) biotexnologik jarayondan iborat;
b) tabiiy sanitarlar deyiladi; 
b) ekologik toza mahsulot yetishtirish;
d) o‘laksaxo‘r deyiladi. 
d) biologik qarshi kurash deyiladi.
Hasharotlar nomini ularning ahamiyati bilan birga juftlab yozing.
a) Osiyo chigirtkasi; 
1) beda va sebargani changlatadi;
b) xasva qandalasi; 
2) jun mahsulotlarini buzadi;
d) tukli arilar; 
3) donlarni buzadi;
e) mita qo‘ng‘izi; 
4) terlama kasalligini tarqatadi;
f) xona kuyasi; 
5) ekinlarni yeb bitiradi;
g) burgalar; 
6) donli ekinlarni so‘radi;
h) bitlar. 
7) o‘lat kasalligini tarqatadi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin