Zoologiya uzb 2017. indd


Xordalilarning umumiy tavsifi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
zoologiya 7 uzb

Xordalilarning umumiy tavsifi.
Xordalilarning tana bo‘ylab o‘tadi-
gan o‘q skeleti – xordasi bo‘ladi. Xordalilarga 43
000 ga yaqin tur 
kiradi. Ular bosh skeletsizlar va bosh skeletlilar, ya’ni umurtqalilar 
kenja tiðlariga ajratiladi. Bosh skeletsizlarning bosh miyasi va bosh 
skeleti rivojlanmagan, skeleti xordadan ibo 
rat. Xorda hayoti davo-
mida saqlanib qoladi. Bu kenja tiðga lansetniklar sinfi kiradi.
Bosh skeletlilarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa 
miyadan, skeleti tog‘ay yoki suyakdan iborat; xorda faqat embrional 
rivojlanish davrida bo‘ladi. Ularga tog‘ayli va suyakli baliqlar, suvda 
va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuv-
chilar kiradi.
1. Lansetnik qanday hayot kechiradi?
2. Lansetnikning skeleti va muskullari qanday tuzilgan?
3. Lansetnikning hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Lansetnik qanday nafas oladi?
5. Lansetnik qoni gavdasi bo‘ylab qanday oqadi?
6. Lansetnikning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
7. Lansetnik nerv sistemasining tuban tuzilish belgilari nimadan iborat?
VIII bob. Xordalilar tiрi


101
Lansetnikning tuban tuzilishi belgilari:
a) bosh miyasi bo‘lmaydi; 
b) jabra bilan nafas oladi;
d) bosh skeleti rivojlanmagan;
e) skeleti xordadan iborat;
f) qon aylanish sistemasi yopiq;
g) og‘iz teshigi paypaslagichlar bilan o‘ralgan;
h) xorda skeleti umrbo‘yi saqlanib qoladi;
j) suzgichlari teri burmasidan iborat.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Xordalilar, bosh qutisizlar, umurtqasizlar, umurtqalilar, bosh qutililar, lansetnik, 
xorda, og‘izoldi voronkasi, jabra teshiklari, jabra burmalari, jabraoldi bo‘shlig‘i.
Tasdiqlovchi javoblar: a, d, e, h.
8.1.
 
BALIQLAR
Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan 
siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari 
bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish 
sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan 
iborat.
Baliqlar tuzilishi zog‘ora baliq misolida o‘rganiladi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin