60
VII
BOB
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi
BO‘G‘IMOYOQLILAR TIPI
Bo‘g‘imoyoqlilar tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin
po‘st organlar uchun tashqi tayanch skelet vazifasini ham bajaradi.
Chunki unga ichki organlarning muskullari va oyoqlar kelib birikadi.
7.1.
QISQICHBAQASIMONLAR SINFI
Qisqichbaqasimonlar – birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar.
Ularning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limidan iborat. Boshko‘krak
xitin qalqon bilan qoplangan.
Daryo qisqichbaqasining tashqi
16-§. tuzilishi va ko‘payishi
Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi,
jabra bilan nafas
oladi. Ular ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘-
g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tiðik
vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti.
Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko‘l, daryo
va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida
yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko‘kimtir-qo‘ng‘ir,
ostki tomoni
esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qis-
qichbaqani payqash qiyin.
Qisqichbaqa kun bo‘yi toshlarning ostida yoki qirg‘oq yaqi-
nida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq
izlab faqat kech
qurunlari chiqadi.
Qisqich
baqaning asosiy
ozig‘i suv o‘tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar
lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi.
U oziqning hidini
yaxshi sezadi.