55
Nerv sistemasi.
Suv shillig‘ining tanasida
bir necha juft nerv
tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan mollyuskalarning hamma or-
ganlariga nervlar chiqadi.
Ko‘payishi.
Suv shillig‘i – germafrodit hayvon. U uzun shilim-
shiq ið ichiga tizimcha shaklida juda ko‘p tuxum qo‘yadi.
Tizim-
chasi suv o‘tlariga ilakishib qoladi. Tuxumlardan nozik chig‘anoqli
kichik mollyuskalar rivojlanadi.
Qorinoyoqli mollyuskalarning xilma-xilligi.
Qorinoyoqli mollyus-
kalar yer yuzida keng tarqalgan, 100 000 ga yaqin turi bor. Ular
ayniqsa, dengizlarda xilma-xil bo‘ladi. Chuchuk suvlarda
uchray-
digan kichik shilliq jigar qurtining oraliq xo‘jayini hisoblanadi.
Yalang‘och shilliqlar va tok shillig‘i (31-rasm) quruqlikda yashaydi.
Tok shillig‘i, har xil yalang‘och shilliqlar o‘sim
liklarning yashil
qismi bilan oziqlanib, ekinlarga katta ziyon keltiradi. O‘zbekiston
hududida yalang‘och shilliqlar va bedapoya shillig‘i,
suv havzalarida
har xil suv shilliqlari uchraydi.
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi
31-rasm. Qorinoyoqli
mollyuskalar:
1 – tok shillig‘i;
2 – yalang‘och shilliq;
3 – bitiniya;
4 – tirik tug‘ar shilliq
1
2
4
3
1. Qorinoyoqlilar tashqi tuzilishi xususiyatlari nimadan iborat?
2. Chuchuk suv shillig‘ining hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
3. Chuchuk suv shillig‘i qanday hafas oladi?
4. Suv shillig‘ining qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
5. Suv shillig‘ining ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Suv shillig‘i qanday ko‘payadi?
7. Qorinoyoqlilar qanday ahamiyatga ega?
1. Chuchuk suv shillig‘ining ko‘zlari:
a) chig‘anoq asosida joylashgan;
b) paypaslagichlari
uchida joylashgan;
d) paypaslagichlari asosida joylashgan.
2. Chuchuk suv shillig‘i yuragi:
a) yurakoldi bo‘lmasi va qorinchadan iborat;
b) naysimon,
ikki kamerali;
d) ikkita bo‘lma va bitta qorinchadan iborat.
56
Qorinoyoqli mollyuskalar va ularning ahamiyatini juftlab ko‘rsating.
a) kichik shilliq;
1) O‘zbekistonda uchramaydi;
b) tok shillig‘i;
2) jigar qurti oraliq xo‘jayini;
d) yalang‘och shilliq.
3) ekinlarga ziyon keltiradi.
Dostları ilə paylaş: