58
lanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar
chig‘anog‘idagi tishchalar yoki yopishqoq iðlari yordamida baliqlar-
ning
terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga o‘tadi. Parazit
ta’sirida baliq terisida shish hosil bo‘ladi. Shish ichida lichinka juda
mayda baqachanoqqa
aylanadi va suv tubiga tushib, voyaga yetadi.
Ikki pallalilarning xilma-xilligi.
Ikki pallalilar 30 000 dan ortiq
turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Ular
orasida eng yirigi
tridaknaning og‘irligi 250 kg ga yetadi.
Ustritsa,
taroqcha va
midiyalar (33-rasm) go‘shti
uchun ovlanadi; den
giz
marvariddorlaridan marvarid olinadi. Ayrim mamlakatlarda marvarid-
dorlar, midiyalar va ustritsalar ko‘paytiriladi. Baqachanoq lichinkasi
baliqlarda parazitlik qiladi. Sho‘rlangan
suvlarda tarqalgan dreysenalar
ko‘payib, suv o‘tkazadigan quvurlarni ishdan chiqarishi mumkin.
Mamlakatimiz havzalarida baqachanoqlar va dreysenalar uchraydi.
Ikki pallali mollyuskalar suvdagi mikroorganizmlar va mayda organik
zarralarni filtrlab oziqlanishi tufayli suv havzalarining tozalanishiga
yordam beradi.
VII bob. Bo‘g‘imoyoqlilar tiрi
Dostları ilə paylaş: