51
muskulli o‘simtalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Chuvalchanglar
o‘simtalar yordamida suzadi yoki suv tubida o‘rmalab yuradi. Bu
o‘simtalar ilk bor paydo bo‘lgan oyoqlar hisoblanadi.
Ular baliqlar
uchun asosiy oziq hisob
lanadi.
Zuluklar sinfi.
Zuluklarga chuchuk suvlarda yashab,
umurtqali
hayvonlar qonini so‘radigan yoki yirtqich hayot kechiradigan 400
ga yaqin tur kiradi. Tibbiyot zulugidan tibbiyotda qon tomiri ka-
salliklarini davolashda foydalaniladi. Bu zuluk maxsus zavodlarda
ko‘paytiriladi.
Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi.
Halqali
chuvalchanglar er-
kin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan. Dengiz-
larda yashovchi ko‘p tukli halqalilar lichinkalari tana
sida kiðriklar
bo‘lishi,
uning ayirish sistemasi
ning kiðrikli yassi chuvalchanglar siste-
masiga o‘xshash bo‘lishi ana shundan dalolat beradi. Kam tukli halqali
chuvalchanglar esa ko‘p tukli halqalilardan kelib chiqqan.
1. Yomg‘ir chuvalchangi hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
2. Qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
3. Qon qanday vazifani bajaradi?
4. Yomg‘ir chuvalchangi qanday nafas oladi?
5. Chuvalchangning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Halqali chuvalchanglar qanday ahamiyatga ega?
7. Halqali chuvalchanglar qanday kelib chiqqan?
1. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi:
a) ko‘p
shoxlangan naychalardan iborat;
b) orqa chiqarish teshigiga ochiladi;
d) sirtmoqsimon egilgan ingichka naychalardan iborat.
2. Yomg‘ir chuvalchangida yurak vazifasini:
a) ichak usti qon tomiri bajaradi;
b) halqum
halqa qon tomirlari bajaradi;
d) ichak osti yirik qon tomiri bajaradi.
Dostları ilə paylaş: