Zoologiya uzb 2017. indd


Lug‘at daftaringizga yozib oling



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
zoologiya 7 uzb

Lugat daftaringizga yozib oling.
Oshqozon, qon aylanish sistemasi, qon tomirlari, kapillyarlar, yopiq qon 
aylanish sistemasi, biogumus, nereida, ko‘p tuklilar, kam tuklilar.
Javob bering. Yomg‘ir сhuvalchangi tuzilishining qaysi xususiyatlari uning 
tuproq ichida hayot kechirishiga imkon beradi?
Topishmoqda berilgan hayvonning hayoti to‘g‘risida ma’lumot bering.
12.
Yer ostida mitti xivich
Yer haydaydi erta-yu kech.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2b.
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi 
4 – 
?!


52
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
2-laboratoriya mashg‘uloti.
Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi,
harakatlanishi va refleks hosil qilishi
Kerakli jihozlar: tirik yirik yomg‘ir chuvalchangi, yomg‘ir chuval-
changi solingan nam tuproqli vannacha, qo‘l lupasi, chizg‘ich, kar-
ton qog‘oz, entomologiya ninachalari yoki uchi o‘tkirlangan qalam.
Tirik yomg‘ir chuvalchangini tuproqdan olib, quyidagi ishlarni 
bajaring:
1. Tanasining oldingi konussimon ingichkalashgan va keyingi 
birmuncha to‘mtoq tomonini aniqlang. Lupa yordamida chuvalchang 
oldingi tomoni ostki qismida joylashgan og‘iz teshigi va keyingi 
uchidagi orqa chiqarish teshigini toping.
2. Tana halqalarini lupa yordamida sanab chiqing, uning turli 
qismidagi halqalarning katta-kichikligini aniqlang.
3. Tananing qoramtir do‘ng orqa va oqish yassi qorin tomonini 
hamda yirik orqa va qorin qon tomirlarini toping va ularning 
yo‘nalishini aniqlang.
4. Chuvalchangni bir varaq silliq bo‘lmagan quruq qog‘oz usti-
ga qo‘ying. Yomg‘ir chuvalchangi qog‘oz ustida harakatlanganida 
uning tuklari qog‘ozga ishqalanishi tufayli shitirlagan tovush chi-
qishini tinglang.
5. Juda ehtiyotlik bilan barmog‘ingizni chuvalchangning qorin 
tomoni bo‘ylab orqadan oldinga, keyin oldindan orqaga yuriting. 
Bunda chuvalchangning tuklari barmog‘ingizga tegishini sezasiz.
6. Lupa yordamida tana halqalarining qorin tomonida joylash-
gan tuklarini toping.
7. Chuvalchangni oyna ustiga va silliq bo‘lmagan qog‘oz usti-
ga qo‘yib, uning harakatini kuzating. Uning oyna ustida qiyin 
harakatlanishi sababini tushuntiring.
8. Cho‘p yoki qalam uchini chuvalchang tanasining turli joyiga 
tekkizib, chuvalchangning ta’sirlanishini kuzating.
9. Chizg‘ich bilan chuvalchang tanasining uzunligini har xil 
holatda o‘lchab ko‘ring. Chuvalchang rasmini chizib, organlarini 
ko‘rsating.
10. Chuvalchangni tuproq ustiga qo‘yib, uni tuproq zarralari 
orasiga suqilib kirishini kuzating.


53
VI
BOB

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin