Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171
zoologiya 7 uzb

Qon aylanish sistemasi.
Qon aylanish sistemasi dastlab halqali 
chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Yomg‘ir chuvalchangi qon ayla 
nish 
sistemasi o‘zaro tutashgan yirik orqa va qorin qon tomirlaridan 
iborat (26-rasm). Bu ikki yirik qon tomir halqa tomirlar orqali 
o‘zaro tutashgan. Qizilo‘ngach atrofida joylashgan 5–6 ta yo‘g‘on 
halqa tomirlarning devori muskullar bilan ta’minlangan. Bu tomirlar 
qisqarish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli «yurak» deb ataladi. 
Halqa va yirik qon tomirlardan ta 
nadagi turli organlarga mayda 
qon tomirlar tarqaladi. Bu tomirlar organlarda juda mayda tomir-
larga ajraladi. Eng mayda qon tomirlar kapillyarlar deb ataladi. Ka-
pillyar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Qon 
orqa tomir bo‘ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomir bo‘ylab 
orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qoni faqat qon tomirlarda 
oqadi. Shu sababdan qon tomirlar yopiq qon aylanish sistemasini 
hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalar tashiladi.
Nafas olishi.
Yomg‘ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. 
Kislorod teri orqali kapillyarlardagi qonga o‘tib, hamma organlarga 
tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat 
angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq 
modda bilan namlanib turadi. Nam teri kis 
lorodni yaxshi o‘tkazadi.
Ayirish sistemasi.
Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi 
tana bo‘g‘imida bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o‘xshash ingich-
ka uzun naychalardan iborat (27-rasm). Naychalarning bir uchi 
tana bo‘shlig‘iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. 
Naychalarning tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi voronkaga o‘xshab 
kengaygan bo‘lib, juda ko‘p kiðrikchalar bilan ta’minlangan. Bu 
kiðrikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bi-
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi 

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin