47
qorin bo‘ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv
zanjirida har bir tana bo‘g‘ini to‘g‘risida
bittadan kichikroq nerv
tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki or-
ganlarga nervlar chiqadi.
Sezgi organlari va refleksi.
Yomg‘ir chuvalchangining maxsus
sezgi organlari bo‘lmaydi. Lekin chuvalchang terisida
joylash-
gan nerv tolalari orqali yorug‘lik, harorat, kimyoviy va mexanik
ta’sirlarni yaxshi sezadi.
Yomg‘ir chuvalchangi reflekslari ancha murakkab va xilma-xil
bo‘ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o‘sha tomoni ta’sir-
lanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o‘z
ozig‘ini topadi,
dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug‘lik va is-
siqlikdan yashirinadi.
Ko‘payishi.
Yomg‘ir chuvalchangi – germafrodit hayvon. Ko‘pa-
yish davrida ikki chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi. Chuvalchang
tuxum qo‘yish davrida belbog‘chasidan shilimshiq modda ajratadi.
Bu moddadan pilla hosil bo‘ladi. Har qaysi pillaga 2–3, ba’zan
6–20 tagacha tuxum qo‘yadi.
Pilla chu
val
chang tanasidan sirg‘alib
tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chu-
valchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regeneratsiyasi.
Yomg‘ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq pla-
nariya singari tanasining jarohatlangan
qismini tiklash xusu
siyatiga
ega. Chuvalchang tanasi uzilib qolganida undan yangi chuvalchang-
lar hosil bo‘ladi.
12-§. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi
Dostları ilə paylaş: