Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171
zoologiya 7 uzb

Bo‘rtma nematoda
. O‘simliklarning yer ostki qismida parazitlik 
qiladi. Kasallangan o‘simlik ildizida no‘xatdek va undan yirikroq 
(ba’zan mushtdek) bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Bunday o‘simlik o‘sish 
va rivojlanishdan qoladi, uning hosili kamayib ketadi; kuchli zarar-
langan o‘simliklar tez orada halok bo‘ladi. Nematoda ayniqsa 
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari


43
bodring, pomidor, qovun, kartoshka, kanop, ba’zan g‘o‘zaga katta 
ziyon yetkazadi.
Chuvalchanglarning parazit hayot kechirishga moslashishi. 
Para-
zit hayot kechirish chuvalchanglarning tashqi tuzilishiga va hayot 
kechirish xususiyatlariga katta ta’sir qilgan. Bunday o‘zgarishlar 
yassi chuvalchanglarda ayniqsa yaxshi ko‘zga tashlanadi. Ularning 
maxsus yopishish organlari paydo bo‘lgan; hazm qilish sistemasi 
yo‘qolib, jinsiy organlari juda kuchli rivojlangan. Lekin para-
zit chuvalchang 
lar va lichinkalarining ko‘pchiligi tashqi muhitga 
chiqqanida o‘z xo‘jayinini topolmasdan qirilib ketadi. Shuning 
uchun juda ko‘p nasl qoldiradi; ayrim turlari, masalan, jigar 
qurti va exinokokk, hatto lichinkalik davrida ham ko‘payish xu-
susiyatiga ega bo‘ladi.
Parazit chuvalchanglardan saqlanish. 
Tasmasimon chuvalchanglarni 
yuqtirmaslik uchun go‘sht mahsulotlarini yaxshi pi shi 
rib iste’mol qi-
lish lozim. Bunday chuvalchanglar tarqalishining oldini olish uchun 
esa hayvonlar 
ning zararlangan organlarini itlarga bermaslik kerak. 
Kushxonalardan chiqayotgan go‘sht mahsulotlarini qat’iy nazorat 
ostiga olish zarur. Daydi itlarga qarshi kurashish va shax 
siy gigi 
yena 
qoidalariga rioya qilish exinokokk bilan zararlanishning oldini oladi. 
Jigar qurti yuqmasligi uchun ko‘lmak suvlarni ichmaslik, daladan 
yig‘ib keltirilgan ko‘katlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilmaslik 
lozim. Askarida va bolalar gijjasini yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigi-
yena qoidalariga qat’iy rioya qilish, ya’ni ovqatlanishdan oldin qo‘lni 
sovunlab yuvish, meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab 
yuvib iste’mol qilish zarur.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin