Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi yassi chuvalchanglar tiði-
ning tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiradi. Uning tuzilishi
va hayot kechirishi qoramol tasmasimon chuvalchanginikiga o‘x-
shash bo‘lib, voyaga yetgan davrida odam ichagida, lichinkasi
cho‘chqalar musku
lida uchraydi. Odam yaxshi pishirilmagan
cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilib, parazit finnasini yuqtiradi
(23-rasm, 1, 2).
Bolalar gijjasi . Bu gijja to‘garak chuvalchanglar tiðiga kira
di.
Gijja odamlarning, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar
ning ichagida
parazitlik qiladi. Gijja – oqish rangli, juda mayda (5–10 mm)
chuvalchang. Bolalar gijjasining urg‘ochisi urug‘lan
gandan keyin orqa
chiqaruv teshigi yaqinida yashay boshlaydi. Kechasi orqa chiqaruv
teshigi atrofidagi teriga tuxum qo‘yadi. Bu paytda teri qattiq qi-
chishib, kishini bezovta qiladi. Gijjaning tuxumlari iflos qo‘l orqa-
li yana ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlana boshlaydi. Gijja
tuxumlari kasal odamning kiyimi, to‘shagi yoki boshqa buyumlari
orqali yuqadi.
Rishta – to‘garak chuvalchanglar tipiga mansub parazit
hayvon. Tropik va subtropik o‘lkalarda tarqalgan. Tanasi ipga
o‘xshash, uzunligi 32 sm dan 100 sm gacha bo‘ladi. Rishta oyoq,
ba’zan qo‘l tеrisi ostidagi biriktiruvchi to‘qimada parazitlik qiladi.
Terining rishta bilan zararlangan joyida ho‘l yara paydo bo‘la-
di. Yaradan rishta tanasining bir qismi chiqib turadi. Tananing
qolgan qismi yara ostida kalavaga o‘xshab o‘ralib yotadi. Rishta
tirik lichinkalar tug‘ib ko‘payadi. Rishta bilan zararlangan odam
yoki hayvon suvga tushganida lichinkalar suvga chiqadi. Ular-
ni suvdagi juda mayda qisqichbaqasimonlardan sikloplar yutib
yuboradi. Odam yoki hayvonlar siklopli suvni ichganida rishtaning
lichinkasi ularga o‘tadi. Odam tanasida lichinka bir yil davomida
voyaga еtadi.
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash natijasida O‘zbеkis-
tonda rishta aholi orasida tugatilgan. Hozir rishta bilan zararlanish
yovvoyi hayvonlarda uchrab turadi.