Зo‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Pedagogik fanlar talim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar: tahlil va mulohazalar


Ta’lim muassasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari



Yüklə 244,81 Kb.
səhifə10/15
tarix22.06.2023
ölçüsü244,81 Kb.
#134216
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Pedagogik fanlar talim mazmunini belgilovchi me\'yoriy hujjatlar

1.6 Ta’lim muassasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari.
Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog’liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o’rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi o’quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;
o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;
o’qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo’limlari mazmuni bo’yicha tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo’llashi uchun ilg’or pedagogik teхnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;
o’qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;
tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
o’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o’quv seminarlarini tashkil qilish;
ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko’rsatmalar berib borish;
o’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko’rsatmalar berish;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
o’qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qilish;
pedagogik хodimlarning attestasiyadan o’tkazish bo’yicha materiallarni tayyorlash;
ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo’yicha darsdan tashqari (fakultativ, to’garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.
Metodika Kengashi yig’ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi: ish rejasi, Kengash yig’ilishi bayonnomasi, Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar, Ekspert qilingan materiallar va ishlab chiqilgan metodik ishlar, yillik hisobot.

Yüklə 244,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin