Зo‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Pedagogik fanlar talim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar: tahlil va mulohazalar



Yüklə 244,81 Kb.
səhifə7/15
tarix22.06.2023
ölçüsü244,81 Kb.
#134216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Pedagogik fanlar talim mazmunini belgilovchi me\'yoriy hujjatlar

Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


Tayanch o’quv reja umumta’lim fanlari bo’yicha belgilangan ta’lim mazmunini o’quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.


Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi etarli bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o’quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o’qitish maqsadida 15%gacha o’zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.


O’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o’quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo’yiladigan talablardan iborat.

Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari quyidagilardan tashkil topadi: bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka – o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.




Baholash tizimi – davlat ta’lim standarti bo’yicha umumiy o’rta ta’limning malaka talablarini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o’rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari asosida o’quv materiallari o’quv-metodik majmuada o’z ifodasini topadi.

O‘quv-metodik majmua – darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.




Darslik – davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan, o’quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o’quv nashri.
Darslik o’quvchilarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o’quv materialini to’la o’zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo’lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:

Yüklə 244,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin