Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


  Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
98 


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: 
A2 
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va 
unda faol ishtirok etish;
maktabda va maktabdan tashqari adabiy-badiiy yo‘nalishdagi tadbirlarda 
(turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish, 
atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish; 
badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan 
qahramon va personajlarning ijtimoiy-ma’naviy, fuqarolik, insoniylik va boshqa 
burch hamda huquqlarini bajarishlaridagi o‘ziga xosliklar (halol, vijdonli, 
jonkuyar, loqayd...) ga qarab turib xolis va jiddiy mulohaza yuritish. 
A2+ 
badiiy asarlarda aks etgan yuksak ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak 
badiiyat namunalarini anglay olish, his etish va boshqalarga yetkazishga intilish.  
 
Milliy va umummadaniy kompetensiya: 
A2 
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik 
g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni 
anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga 
intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish; 
A2+ 
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini 
to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ay olish hamda 
tushuntirib bera olish. 
 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
hamda foydalanish kompetensiyasi: 
A2 
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy 
rejalarini tuza olish; 
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yurita 
olish; 
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni 
o‘qiy olish va undan foydalana olish
A2+ 
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va 
qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘la 
olish hamda ulardan foydalana olish. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin