Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
II. 
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI 
(25 soat, A2+: 7 soat)) 
 
7-16-mavzu. Alisher Navoiy. “Xamsa” asari. “Farhod va Shirin” dostoni. 
(10 soat, A2+: 12 soat)  
Navoiy ijodi – o‘zbek mumtoz adabiyotining eng yuksak bosqichi. Shoirning 
hayot va ijod yo‘li haqida (1 soat).
“Xamsa” - o‘zbek badiiy tafakkurining cho‘qqisi (1 soat).
“Farhod va Shirin” dostonining “Xamsa”da tutgan o‘rni. Dostonning obrazlar 
tizimi. Farhod shoir ideali tajassumi sifatida. Komillik yo‘liga kirgan inson 
manzillari tasviri (2 soat). 
Shirin obrazi. Unda ayollarga xos ma’naviy fazilatlar talqini (2 soat).
Dostondagi boshqa obrazlar. Dostonda yaxshilik va yomonlik, razolat va 
adolat, butunlik va noqislik o‘rtasidagi ziddiyatning jonli shaxslar timsollarida 
ko‘rsatilishi. Doston qahramonlaridagi ma’naviy xususiyatlarga alohida urg‘u 
berilgani (2 soat). 
Farhod va Xusrav dialogi doston voqealarining kulminatsiyasi sifatida. 
100 


Dostonning badiiy xususiyatlari (1 soat).
Nazariy ma’lumot. Adabiyotda komil inson tasviri (1 soat). 
17-23-mavzu. Zahiriddin Muhammad Bobur. Lirika. “Boburnoma”. (7 
soat, A2+: 10 soat) 
Hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot. Ijodiy merosining badiiy 
xususiyatlari. Shoirning she’riy ijodi. Shoir lirikasining hasbi hollik xususiyati. 
“Mening ko‘nglumki, gul g‘unchasidek tahbatah qondur”, “Agarchi sensizin sabr 
aylamak, ey yor, mushkuldur” g‘azallarida Boburning ziddiyatlarga to‘la 
hayotining poetik aks etganligi (2 soat). 
Shoir g‘azallaridagi soddalik va samimiylik yuksak san’atkorlik namunasi 
sifatida.
“Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati”, “Sendek menga bir yori jafokor 
topilmas” g‘azallarida hayot zavqi. Umr g‘animatligining betakror badiiy ifoda 
etilganligi. “Yoz fasli...” g‘azalida qo‘llangan she’riy san’atlar. “Sendek menga bir 
yori jafokor topilmas” she’rida vazn, qofiya, radif hamda poetik san’atlarning 
qo‘llanishi.
Boburning o‘zbek lirikasi taraqqiyoti tarixida tutgan o‘rni (1 soat). 
“Boburnoma”da Andijon va Samarqand tasviri. Asarda tabiat tasviri 
(hayvonot va nabotot tasviri). “Boburnoma” – o‘zbek nasrining nodir namunasi 
sifatida. Nazariy ma’lumot. Memuar asar (4 soat). 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin