Komil shaxsni shakllantirishda hissiyot tarbiyasining o‘rni. Kishi hissiyotini
shakllantirishda badiiy so‘zning o‘rni. Komil shaxs ma’naviyatining
ruhiy
qirralarini ezgu qarashlarga muvofiq shakllantirish
badiiy adabiyotning bosh
maqsadi sifatida.
Badiiy adabiyotning tarbiyaviy, estetik, ma’rifiy, kommunikativ vazifalari
mavjud ekanligi. Insoniyat tomonidan asrlar davomida shakllantirilgan
axloqiy
xislatlarni o‘quvchilarda tarkib toptirishga intilish badiiy adabiyotning tarbiyaviy
vazifasi sirasiga kirishi. Insonning tuyg‘ulari, hissiyotinigina rivojlantirib qolmay,
balki tafakkurini ham taraqqiy ettirishga xizmat
qilishi badiiy adabiyotning
ma’rifiy vazifasi ekanligi.
I.
XALQ OG‘ZAKI IJODI
(5 soat, A2+: 1 soat).
2-6-mavzu. “Alpomish” dostoni. (5 soat, A2+: 6 soat)
Turkiy xalqlar madaniyati va ma’naviyati shakllanishida “Alpomish”
dostonining o‘rni. Doston ko‘lamining estetik tafakkur va turkiy saltanatchilik
bilan bevosita bog‘liqligi (1 soat).
Dostonda o‘zbek milliy ruhiyati va urf-odatlari tasviri. Mardlik, sadoqat,
ezgulik, iymonga egalik
fazilatlarining Alpomish, Qorajon, Oybarchin,
Qaldirg‘och obrazlari orqali ifodalanishi (3 soat).
Asarning til xususiyatlari. Dostonda qo‘llanilgan tasvir usullari (1 soat).
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat)
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asar:
“Alpomish” dostoni.
Dostları ilə paylaş: