Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
 
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab 
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi; 
nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini 
tushuna oladi; 
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni 
biladi va tegishli yo‘nalishda insho (6-7 sahifa) yoza oladi; 
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat 
va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy, 
publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi; 
106 


turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-
hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi. 
A2+ 
turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi; 
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini 
ijro eta oladi. 
 
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalari (nasriy, 
she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va 
tahlilda foydalana oladi; 
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi; 
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi; 
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi, 
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab, xulosa chiqara oladi; 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va 
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi; 
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z 
bilan ifodalab bera oladi. 
A2+ 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi; 
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga 
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi; 
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi; 
notiq mahoratini oshiruvchi asosiy omillarni izohlay oladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin