Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-31-mavzu. Furqat lirikasi. (4 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

28-31-mavzu. Furqat lirikasi. (4 soat) 
Hayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot. Adabiy merosi haqida 
umumiy ma’lumot. Furqat – mashhur lirik shoir.
“Fasli navbahor o‘ldi” g‘azalida bahorning rangin, fusunkor manzarasi tasviri. 
Bahor va umrning go‘zalligi, g‘animatligi. She’rning badiiyati. “Bormasmiz” 
she’rida ham insoniy qadrni baland tutishning madh etilishi, ayni paytda, havoyilik 
va xudbinlikning tanqid qilinishi.
“Surmadin ko‘zlar qaro” g‘azalida go‘zal yor portretining inja tasviri. 
G‘azallardagi poetik san’atlar. “Bir qamar siymoni ko‘rdim, baldai Kashmirda” 
g‘azalida ishqiy mavzuning g‘urbatdagi shoir taqdiri bilan bog‘lab berilishi. Furqat 
lirikasidagi g‘urbat ohanglarining shoir hayot yo‘li bilan bevosita bog‘liqligi.
“Sayding qo‘yaber, sayyod” musaddasida tutqinlik fojiasidan kuyunish, 
erksizlikdan qayg‘urish, hurlikka tashnalik tuyg‘ularining ifodalanishi. Sayd, 
sayyod, lirik qahramon obrazlari.
Furqat ijodining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
 
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat) 
 
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan “Farhod va Shirin” dostoni. 
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi. 
Muhammad Rizo Ogahiy lirikasi. 
Furqat. “Sayding qo‘ya ber, sayyod” musaddasi. 
 
III. 
O‘ZBEK ADABIYOTINING YANGI BOSQICHI 
(24 soat, A2+: 14 soat) 
 
32-34-mavzu. Izzat Sulton. “Imon” dramasi. (3 soat, A2+: 5 soat)
Izzat Sultonning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning “Imon” 
dramasi haqida. Inson har qanday sharoitda ham o‘z vijdoniga quloq tutib ish 
ko‘rishi, turli murakkab, chigal vaziyatlarda halollik, poklik, insof va diyonat 
singari chin insoniy fazilatlar bilan munosib yo‘l topishdek ezgu g‘oyaning asar 
mazmuniga singdirilganligi. Dramada yuksak axloq, halollik va poklikni o‘z imoni 
deb bilgan insonlarning hayotda uchrab turadigan tamagirlik, xudbinlik, haromdan 
hazar qilmaslik, vijdonsizlikka qarshi kurashida ochib berilishi. Asarning badiiy 
103 


xususiyati.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin