Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-37-mavzu. Rauf Parfi she’riyati. (3 soat, A2+:4)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

35-37-mavzu. Rauf Parfi she’riyati. (3 soat, A2+:4)
Rauf Parfining hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Shoir 
she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, ularda inson ruhiy kechinmalarining kuylanishi. 
Shoirning “Tong otmoqda”, “Yomg‘ir yog‘ar”, “Yoz kechasi”, “Yana qaytib 
keldim”, “Yurak” she’rlari talqini. She’rlardagi lirik qahramon his-tuyg‘ularining 
ta’sirchan ifodasi. Tabiat go‘zalliklarini tasvirlashda shoirning o‘ziga xos mahorati. 
 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
 
 Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni ko‘rib, tinglab 
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi; 
nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini 
tushuna oladi; 
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni 
biladi va tegishli yo‘nalishda insho (6-7 sahifa) yoza oladi; 
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat 
va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy, 
publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi; 
turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-
hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi. 
A2+ 
turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi; 
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini 
ijro eta oladi. 
 
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalari (nasriy, 
she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi; 
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va 
tahlilda foydalana oladi; 
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi; 
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi; 
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi, 
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab, xulosa chiqara oladi; 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va 
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi; 
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z 
bilan ifodalab bera oladi.
A2+ 
104 


asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi; 
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga 
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi; 
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi; 
nutq tayyorlashda reja qismlarining tutgan o‘rnini tushuna oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin