Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
 
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab 
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi; 
nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini 
tushuna oladi; 
turli janr va hajmdagi 8-10 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan 
ifodali ayta oladi; 
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni 
biladi va tegishli yo‘nalishda insho (6-7 sahifa) yoza oladi; 
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat 
va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy, 
publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi; 
turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-
hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi. 
A2+ 
Turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi; 
turli janr va hajmdagi 10-12 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan 
ifodali ayta oladi; 
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini 
ijro eta oladi. 
 
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
109 


A2 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalari (nasriy, 
she’riy asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi; 
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va 
tahlilda foydalana oladi; 
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi; 
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi; 
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab, xulosa chiqara oladi; 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va 
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi; 
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z 
bilan ifodalab bera oladi.
A2+ 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi; 
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga 
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi; 
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi; 
buyuk mutafakkirlarning notiqlik haqidagi qarashlarini izohlay oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin